​Özbekistondagi eng yetakçi axborot-tahliliy saytlari - Kun.uz, Xabar.uz, Qalampir.uz, Sof.uz, Azon.uz'ga kiriş qiyinlaşgan. Bu holat 3 kundan buyon Özbekiston hududida ham, jahon miqyosida ham kuzatilmoqda. Bunga nima sabab böldi?

2017 yilda «Eng yaxşi yangiliklar sayti», «Fuqarolar murojaatlari natijalarini eng faol yoritib borgan OAV» sifatida e'tirof etilgan Kun.uz sayti nega tösib qöyildi? Sayt jurnalistlariga tahdidlar böldimi? Endi sayt öz faoliyatini töxtatadimi? Şu kabi savollar oxirgi 3 kun içida muştariylar tomonidan tinmay yöllanmoqda. 

Oçiği, biz ham masalaning mohiyatiga yetib borganimiz yöq. Qolaversa, Özbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalari vazirligi tuşunmagan vaziyatga biz qanday baho berişimiz mumkin? 

72 soatdan buyon nosozliklarni bartaraf etiş ustida iş olib borayotgan sayt texnik xodimlarining ta'kidlaşiça, masala bevosita vazirlik aralaşuvi bilan hal bölişi mumkin. Töğri-da, Özbekistonda axborot xavfsizligi yuzasidan kelib çiqqan muammo bilan Soğliqni saqlaş vazirligi şuğullanmaydi. Şunga qaramasdan, vazirlik masalaga panja ortidan qaraşda davom etyapti. 

Qayd etiş kerakki, uşbu holat .uz domenidagi boşqa yetakçi saytlar bilan ham yuz bermoqda. Şubhali tomoni ham şunda: texnik nosozlik va muammolarga duç kelgan saytlarning barçasi internet foydalanuvçilar orasida köp obunaçilarga ega yangiliklar saytlari hisoblanadi. 19 iyun kuni ilk holat Kun.uz va Qalampir.uz saytlarida, sal keyinroq Sof.uz saytida ham kuzatildi. Xususan, nomlari tilga olingan saytlarga xorijda istiqomat qiluvçi muştariylar kira olmayotgani haqida şikoyatlar paydo bölgaç, bunday murojaatlar özbekistonlik öquvçilar tomonidan ham bildirildi. 22 iyun kuni Xabar.uz sayti ham şunday muammoga yöliqdi, ayni vaqtda sayt manzili vaqtinça özgartirilgan.

Hozirda Özbekiston içida saytlarga kiriş muammosi yumşamagan, Kun.uz sayti esa hamon öquvçilar uçun yopiq qolmoqda. Şuningdek, Xabar.uz Qalampir.uz sayti vakillari ham yuzaga kelgan holatdan xavotirdaligini bildirişdi. Texnik nosozlik deya e'tirof etilayotgan, aslida erkin jurnalistikani qöllab-quvvatlab, tanqidiy maqolalar e'lon qilişga jur'at etgan tahririyat saytlariga kiriş yöllari tösib qöyildi.