30 iyun kuni Özbekistonda Yoşlar kuni nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi hamda Termiz şahrining yoş tadbirkorlari hamkorligida Surxondaryo viloyati markazida innovatsion jamoat transport bekatlarini foydalanişga topşirildi. Termiz şahrida ikkita aqlli bekatning qurilişi yakunlanib, töliq jihozlandi, yana sakkizta bekatning qurilişi davom etmoqda.

Işga tuşgan zamonaviy bekatlarga yozgi-qişki konditsioner, jamoat transporti harakat jadvalining tablosi, “Fuqaro-tezkor yordam xizmati” favqulodda aloqa axborot paneli, atrof-muhit monitoringi sensori, bepul Wi-fi internet tarmoqlari, video nazorati hamda USB elektr tarmoği nuqtalari örnatilgan. Har bir bekatda quyoş panellari ham bölib, bu panellardan olinadigan energiya bekatning yoritgiçlari va USB elektr tarmoği nuqtalarini avtonom elektr energiyasi bilan ta'minlaş quvvatiga ega.

Bundan taşqari, endi bekatdagi odamlarning soni töğrisida tezkor ma'lumotlar töplaş imkoniyati ham paydo bölgan, bu yönalişdagi transportni rejalaştirişga şaroit yaratadi. Şuningdek, bekatlarda va ularning yon-atrofida jamoat tartibini buziş holatlari böyiça tezkor ma'lumot oliş ham mumkin. Yana bekatlarga bank tölov terminallari ham örnatilgani aholiga yana bir qulaylik beradi.
Uçta bölinmaga ega çiqindi qutiçalari axlatlarni turlariga qarab ajratiş imkoniyatini beradi. Bu öz navbatida aholining ekologik madaniyatini ösişiga hissa qöşadi. Bekatlarga örnatilgan poyabzallarni tozalaş uskunalari yölovçilarni saranjom-sarişta yurişlariga, jamoat transportining ozoda saqlanişiga sabab böladi.
Innovatsion bekatlarda qulaylikni ta'minlaş maqsadida uning orqa va yon modullari uyali polikarbonatli ustunlardan iborat bölib, laminatlangan qulay örindiqlar bilan jihozlangan. Mavsumiy iqlim özgarişlarini inobatga olgan holda bekatlar oçiq va yopiq kutiş zallaridan iborat. Şuningdek, aqlli bekatning özgaruvçan havo iqlimiga çidamliligini oşiriş maqsadida uning içki tomonida iqlimni nazorat qiluvçi moslamalar joylaştirilgan.

















