Urugvay terma jamoasi hujumçisi Edinson Kavani JÇ-2018 pley-offida Portugaliya darvozasiga ikki gol urdi. U boşi va oyoqlari bilan Yevropa çempionlarini muddatidan avval uyiga ravona qildi.

Öyinning 71-daqiqasida esa hujumçi oqsoqlana boşladi va öyinni davom ettira olmadi.

Uni maydondan taşqariga Portugaliya termasi sardori Kriştianu Ronaldu qöltiqlagança kuzatib qöydi.

Ronalduning bu harakati muxlislar olqişiga sazovor böldi.

Foto: Reuters
Foto: Reuters
Foto: Reuters

Qolgan vaqtni Kavanisiz davom ettirgan Urugvay raqib hujumlarni kuçaytirgan bölsada, ğalabani saqlab qoldi (2:1).

Hozirça Kavanining jarohati darajasi ma'lum emas. Zaxira örindiğida u tizzasiga muz qöyib ötirdi. Bu kiçik şikastlaniş ham bölişi mumkin.