Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekistonda yuqori malakali oliy ma'lumotli kadrlarni tayyorlaşni taşkil etiş, mamlakat maktabgaça ta'lim muassasalarida köp yillar davomida oliy ma'lumotli pedagog va tarbiyaçilarning yetişmovçiligini töldiriş, innovatsion va xalqaro ta'lim muhitini şakllantiriş, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning yetakçi oliy ta'lim muassasalari bilan uzoq muddatli samarali munosabatlarni yanada rivojlantiriş maqsadida “Toşkent şahrida Puçon universitetini taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi. KUN.UZ muxbiri hukumatdagi manbasiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Uşbu qaror bilan Özbekistonning maktabgaça ta'lim tizimini yanada rivojlantirişning quyidagi ustuvor vazifalari belgilandi:

  • maktabgaça ta'limni rivojlantirişga, maktab yoşidagi bolalarni har tomonlama kamol toptirişga va ularni ma'naviy-axloqiy, barkamol va intellektual avlod etib tarbiyalaşga yönaltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oşiriş;
  • öquv-tarbiya jarayoniga ta'limning zamonaviy ilğor şakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ta'limning samarali şakllari va usullarini joriy etiş;
  • maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini samarali taşkil etiş, bolalarning ongi va qalbida mustaqillikni, insonparvarlik, milliy özlikni anglaş an'analariga sodiqlikni mustahkamlaş, yot “ommaviy madaniyat” ğoyalariga nisbatan immunitetni mustahkamlaş borasida tadbirlar ötkaziş yöli bilan bolalarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma'naviyat va gumanizm ruhida tarbiyalaş;  
  • maktabgaça ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş va ular faoliyati samaradorligini oşiriş;
  • yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilğor xorijiy tajribani qöllagan holda pedagog kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimining samarali faoliyatini taşkil etiş, ta'lim muassasalarini zamonaviy bilimlarni egallab olgan yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlaş;
  • yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllagan holda mazmuni va sifati böyiça zamonaviy talablarga javob beradigan yangi avlod öquv va öquv-metodik adabiyotlarni yaratiş va naşr etişni taşkil etiş;
  • maktabgaça ta'lim muassasalari tomonidan davlat talablari bajarilişining tizimli monitoringini olib boriş;
  • xalqaro aloqalarni kengaytiriş va mustaxkamlaş, konferensiyalar, körgazmalar va tadbirlar ötkaziş orqali  maktabgaça ta'lim sohasida Vatan yutuqlarini xalqaro darajada keng yoritiş, maktabgaça ta'lim tizimiga xorijiy investitsiyalarni jalb etiş;