Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi Kattaqörğonda militsiya xodimi tomonidan gumonlanuvçi ayol yeçintirilib, tahqirlanganiga rasmiy munosabat bildirdi.
«Heç bir jamiyatda inson qadr-qimmati tahqirlanmasligi, har qanday şaroitda ham inson şa'ni qadrlanişi, uning huquqlari töla kafolatlanişi belgilangan. Lekin, ba'zi bir nopok xodimlar tomonidan qonun buzilişi holatlari sodir etilayotgani juda ham açinarli.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro N.T ga nisbatan sodir etilgan nojöya xatti-harakatlar yuzasidan ötkazilgan tekşiruv natijalariga köra, holat Samarqand viloyatining Kattaqörğon şahar Içki işlar bölimi jinoyat qidiruv bölimi tezkor vakili kapitan San'at Umarov tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.
Bugungi kunda San'at Umarov içki işlar organlaridan salbiy harakatlari uçun işdan böşatilgan. Holat yuzasidan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Içki işlar vazirligi rahbariyati tomonidan bunday salbiy holatlarni aniqlaş, oldini oliş va içki işlar organlari saflarini nopok, tasodifan kirib qolgan xodimlardan tozalaş maqsadida, doimiy ravişda keskin çoralar körib boriladi», deyiladi bayonotda.
4 iyul kuni «Ozodlik» naşri Kattaqörğondagi voqea videosini tarqatdi — unda Kattaqörğonda militsiya xodimi öğirlikda gumon qilingan bir ayolni qip-yalanğoç yeçinişga majbur qilgani tasvirlangandi. Içki işlar xodimi ayolni şu ahvolda köçaga haydamoqçi böladi va bu jarayonni videoga oladi. Keyinroq gumondor ayol qöyib yuborilgan.
Bundan avvalroq Boş prokuratura matbuot xizmati San'at Umarov uşlangani va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş masalasi körib çiqilayotganini ma'lum qilgandi.
















