Özbekistonda zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarga öz vaqtida va manzilli yordam körsatiş va ularni himoya qiliş, öz joniga qasd qilişga moyil xulq-atvor paydo bölişiga yöl qöymaslik va unga erta barham beriş maqsadida nodavlat notijorat taşkiloti şaklida Zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilatatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş respublika markazi taşkil etiladi. Prezidentning 2018 yil 2 iyuldagi 3827-sonli qarorida şu haqida ma'lum qilingan.

Respublika markazining asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari quyidagilardan iborat böladi:

  • oğir ijtimoiy ahvolda qolgan, şu jumladan oilaviy muammolar va turmuşida zörlik işlatilişiga duç kelgan şaxslarga anonim tarzda şoşilinç tibbiy, ruhiy, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boşqa yordam körsatiş;
  • öz joniga qasd qilişga moyil bölgan yoki öz joniga qasd qilgan şaxslar bilan birlamçi va izçil profilaktika tadbirlarini ötkaziş;
  • nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maişiy zörlik işlatiş hollarini va öz joniga qasd qilişga moyil xulq-atvorni erta bartaraf etiş maqsadida davlat organlari, şu jumladan huquqni muhofaza qiliş organlari, şuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan özaro samarali hamkorlik örnatiş;
  • ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş böyiça hududiy davlat va nodavlat muassasalarining faoliyatini taşkil etişda, ularning moddiy-texnik va uslubiy bazasini mustahkamlaşda, mazkur muassasalarning kadrlar salohiyatini şakllantiriş va qöllab-quvvatlaşda, muhtoj şaxslarga, şu jumladan «işonç telefoni» orqali maslahat beriş tizimini yaratiş va uning faoliyatini yölga qöyişda kömaklaşiş;
  • dolzarb ijtimoiy muammolarni aniqlaş maqsadida vaqti-vaqti bilan jamoatçilik fikrini örganiş, ularning asosida nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maişiy zörlik işlatiş va öz joniga qasd qilişga moyil xulq-atvorni bartaraf etişga doir dasturlar va uslubiy tavsiyalar işlab çiqiş hamda amalga oşiriş;
  • nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maişiy zörlik işlatişni va öz joniga qasd qilişga moyil xulq-atvorni, ularning kelib çiqişiga olib keladigan sabablar va şart-şaroitlarni tahlil qiliş hamda umumlaştiriş, axborot-tahliliy materiallarni, şu jumladan ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmoğida tarqatiş orqali uşbu sohadagi muammolar haqida jamoatçilikning xabardor etilişini ta'minlaş;
  • davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiliş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari xodimlari uçun nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maişiy zörlik işlatişni va öz joniga qasd qilişga moyil xulq-atvorni bartaraf etiş masalalariga bağişlangan amaliyotlar, seminar va treninglar ötkaziş.