Özbekistonlik harbiy xizmatçilar joriy yilda jami 27 yönaliş böyiça bölib ötadigan “Xalqaro armiya öyinlari—2018”ning 13 ta yönalişida iştirok etadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mamlakatimiz harbiy xizmatçilari “Qöşin razvedkasi a'loçilari” (Rossiya, Sankt-Peterburg şahri), “Elbrus halqasi” (Rossiya Kabardino-Balkariya), “Sodiq döst” (Rossiya, Moskva), “Yöl patruli” (Rossiya, Moskva viloyati), “Merganlik marrasi” (Belarus respublikasi), “Xavfsiz marşrut” (Xitoy, Korla şahri), “Artilleriya ustasi” (Qozoğiston), “Qurolsoz usta” (Rossiya, Penza şahri), “Musaffo osmon” (Xitoy, Korla şahri), “Harbiy ralli” (Rossiya, Tyva viloyati), “Harbiy-tibbiy estafeta” (Rossiya, Sankt-Peterburg şahri),  “Dala oşxonasi” (Rossiya, Moskva viloyati), “Hamdöstlik jangçisi” (Armaniston) kabi yönalişlarda qatnaşadi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ötgan yilning 29 iyulidan 12 avgustiga qadar ötkazilgan “ArMI—2017” Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Qozoğiston va Xitoyning 22 ta poligonida bölib ötgan III Xalqaro armiya öyinlarida Özbekiston Mudofaa vazirligi vakillari ilk marotaba iştirok etgandi.