Abituriyentlardan olinadigan milliardlar kimlarning çöntagiga tuşmoqda?
|03:56 / 10.07.2018130 80413 min
Bugun oliy ta'lim muassasalarida hujjatlar qabul qilişning sönggi haftasi boşlandi. Hafta yakunida, ya'ni 15 iyul – yakşanba kuni qabul komissiyalarining oxirgi iş kuni hisoblanadi.
Joriy yilda qabul jarayonlaridan köpçilikning umidi katta. Ötkazilgan sörovnomalarda ham avvalgi yillarga qaraganda birinçi marta test sinovlari adolatli ötişiga işonganlar soni nisbatan köproqni taşkil qilmoqda. Bu quvonarli hol, albatta. Endi barçasi ijroçilarga boğliq. Xalqning umidi va işonçini, Prezidentning taşabbusini bor qiladigan ham, yöq qiladigan ham quyi böğindagi ijroçilardir. Hozirça test ötadigan pavilonlarni tayyorlaş, test jarayonidagi kuzatuv va qattiqqölliklar böyiça qilinayotgan taşkiliy jarayonlar şaxsan meni tölaqonli qanoatlantirmoqda.Menimça, bu yil qiziq böladi. Intiqlik bilan kutyapmiz.
Lekin şu örinda ayrim kamçiliklar haqida ham aytmasak bölmaydi. Bunday tanqidlardan şaxsiy manfaatimiz yöq, bor-yöq maqsadimiz kiriş imtihonlari jarayonidagi ayrim qonunbuziliş va ortiqça ovogarçilik holatlariga barham berişda kömaklaşiş xolos.
Aslida aytiladigan gap köp, lekin uşbu maqolada faqat ayrimlariga töxtalmoqçiman.
086-U ŞAKL BÖYIÇA TIBBIY MA'LUMOTNOMA KeRAKMI?
Avvalgi yillarda ham bu masala haqida fikr yuritgan edim. Ya'ni barça abituriyentlardan söraladigan 086-Uşakl böyiça tibbiy ma'lumotnoma nimaga kerak? Uşbu hujjatsiz ham qabul jarayonlarini taşkil qilib bölmaydimi? Bunga nima xalaqit beradi?
Sababi köpçiligimiz yaxşi bilamiz, tibbiyot muassasalaridan bunday ma'lumotnomani oliş yaxşigina azob. Tasavvur qiling, joriy yilda 800 mingga yaqin abituriyent hujjat topşiradi, bu degani 800 ming inson qisqa vaqt içida tibbiy körikdan ötişga majbur degani. Hali biz abituriyent bölmagan yana yuz minglab insonlarni qöşmayapmiz.
Navbat kutiş, xonama-xona yuriş, asabbuzarlik va boşqa ortiqça qoğozbozliklar şubhasiz korrupsiya tomon yetaklaydi. Çunki test sinovlariga tayyorlanib yurgan abituriyent uçun har bir daqiqa tilloga teng. Şu tilloni 10-15 ming sömga almaştirişga har qanday inson jon deydi.«Soğliğingiz özingiz uçun kerak», «Bu siz uçun foyda» degan quruq gaplar ularning quloğiga kirmasligi aniq.
Mavzuga oid
Ijtimoiy sörov: 84% abituriyent tibbiy körikdan ötmaydi
Keling, fikrimizni faktlar bilan töldirsak.
Telegramdagi şaxsiy kanalimda xuddi şu mavzu böyiça sörovnoma ötkazdim.
Unda quyidagi savol bilan murojaat qildim:
Abituriyentlik paytingizda 086-U şaklidagi tibbiy ma'lumotnoma oliş uçun haqiqatdan tibbiy körikdan ötganmisiz yoki ...? (yaqinlaringiz misolida ham javob berişingiz mumkin)
Sörovnomada 1556 kişi qatnaşdi. Ularning 1041 nafari, ya'ni 67% iştirokçilar «Yöq, qançadirga sotib olgandim» deya javob berdi.
267 kişi, ya'ni 17% ovoz beruvçilar esa «Iya, deyarli heç kim tibbiy körikdan ötmaydiku» degan variantni tanlaşdi.
248 kişi, ya'ni 16% respondentlar «Ha, töliq tibbiy körikdan ötganman» deya ta'kidlaşdi.
Endi sörovnomalarni umumlaştirib xulosa qilamiz. Demak, 84% foiz aholi bunday ma'lumotnoma uçun tibbiy körikdan ötmagan. Ular yoki tanişlar orqali hal qilişgan, yoki eng keng tarqalgan usul, ya'ni sotib olişni ma'qul bilişgan.
Yangiça firibgarlik turlari
Uşbu öziga xos «biznes» şu darajaga yetdiki, ötgan yili önlab abituriyentlar soxta tibbiy ma'lumotnomalar bilan qölga tuşgani haqida xabar berilgandi. Soxta tibbiy ma'lumotnomalar originalining skanerlangan va rangli printerdan çop etilgan varianti bölib, har bir abituriyentning rasmi alohida yopiştirilgan edi. Hali bu faqat aniqlangani, balki ma'lum bölmagan yana minglab şunday ma'lumotnomalar bordir.
Köryapsizmi, birgina keraksiz hujjatni deb, qança qonunbuziliş holatlari yuzaga kelmoqda.
Ma'lumotnomalar uçun har yili qança pul ketadi?
Örganişlar natijasida tibbiy ma'lumotnomalar örtaça 10 ming sömdan 20 ming sömgaça sotib olinişi ma'lum böldi. Albatta, 800 ming nafar abituriyentning barçasi sotib olmaydi, bu tabiiy. Sörovnomada 67% abituriyent sotib olganini hisobga olib, şu raqamda töxtalamiz.
800 mingning 67%i 536 ming böladi. Har bir ma'lumotnomani örtaça 15 ming söm deb olsak, 536 ming abituriyent joriy yilda 8 milliard söm pulni noqonuniy ravişda tibbiy ma'lumotnoma sotib olişga sarflaydi! 8 MILLIARD SÖM!
Albatta bu raqamlar taxminiy çiqarilgan, balki kam, balki hatto köp bölişi ham mumkin.
FOTOSURATGA NIMA UÇUN QAYTA TUŞIŞMOQDA?
Tibbiy ma'lumotnoma kabi yana bir milliardlar manbai bor. Bu ham bölsa abituriyentlarni qayta fotosuratga tuşiriş.
Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda abituriyent taqdim etişi kerak bölgan hujjatlar röyxatida 3,5×4,5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat ham belgilangan. Biroq Nizomda fotosuratga boşqa birorta talab qöyilmagan.
Ammo bir neça yildan buyon OTMlar abituriyentlar tomonidan olib kelingan fotosuratlarni qabul qilişdan boş tortib kelmoqda.Ya'ni abituriyent özi bilan Nizomda körsatilganidek 6 dona 3,5×4,5 sm rangli fotosurat olib kelsa, qabul komissiyasi pinagini ham buzmasdan, uşbu fotosurat ötmasligini, OTMning özida taşkil qilingan fotostudiyada qaytadan rasm tuşişi kerakligini aytişadi. Buni esa özlariça xavfsizlik bilan boğlaşadi.
Ya'ni rasmning çetiga qandaydir naqşlar, OTM nomi va QR-kod tuşirib berişadi. Xuddiki şu usul bilan ular katta qinğirliklarning oldini olayotganiga odamlarni işontirişga harakat qiladi. Aslida esa bu ziğirça ham xavfsizlikka ta'sir qilmaydi. Qilaman degan odam rangli printerdan bemalol xuddi şunaqa formatda çiqarib olaveradi, juda bir xavfsizlik darajasi yuqori bölgan suv belgisi yuritilgan öta qiyin mexanizm yöq. Oddiy fotoşopda amallaş mumkin. Va özi uşbu rasmlar biror qinğirlikni oldini oladigan darajada ahamiyatli ham emas. Eng ahamiyatlisi abituriyent tuşadigan elektron rasm aslida. Buni köpçilik bilmaydi xolos.
Foto: KUN.UZ
Fotosuratlar uçun har yili qança pul ketadi?
Xuddi şu masala böyiça Feysbukdagi Maslahat.uz guruhida abituriyentlarga savol bilan murojaat qildim.
Unda abituriyentlarning guvohlik berişiça, OTMga qarab 6 dona rasm uçun 4 ming sömdan 15 ming sömgaça pul olinayotgan ekan. Biz buni mayli, köp emas, örtaça 6 ming söm deb olamiz (çunki qimmat joylar kam ekan).
Demak, 800 mingga yaqin abituriyent fotosurat uçun 4 mlrd. 800 mln. söm pul sarflayapti. Yana milliardlar...
Baribir pulga rasmga tuşadi-ku, nima qilibdi şunga?
Yaxşi savol. Mantiqiy savol. Baribir abituriyent köçada ham tekinga rasmga tuşmaydi-ku, töğrmi? Şu pulni OTM olsa nima qilibdi?
Ammo bu yerda boşqa masala yotibdi. Agar hali suratga tuşmagan abituriyentga 6 dona rasm işlab berişsa, heçqisi yöq, lekin özi rasm kötarib kelgan abituriyentga qanday asosga köra rad javobi berişadi? Qonuniy asosi bormi? YÖQ!
Bu şunçaki xavfsizlik niqobi ostida ayrimlarning çöntagini qappaytiriş uçun öylab topilgan usul xolos. Sababi juda köp joylarda OTMdagi fotosuratçilar rektor yoki şu kabi boşqa amaldorlarning qarindoşi, tanişi böladi yoxud boşqaça manfaatdorlik ham mavjudligi sir emas.
Agar haqiqatdan OTMning özida rasmga tuşiş şunçalik muhim bölsa, unda marhamat, Vazirlar Mahkamasi qaroriga özgariş kiritilib, bu böyiça tegişli tartib joriy qilinişi kerak.Va bu haqida qabul jarayonlaridan oldin barça abituriyentlarga ma'lum qilinişi şart. Ya'ni «rasm olib kelmang, buning örniga falonça söm pul bilan keling», deb. Bundan taşqari narxlarni ham bir xillaştiriş lozim edi. Hozirgiga öxşab hamma özi istagan narxni qöyib olavermasligi lozim.
Xullas, qabul komissiyasining har bir qadami qonun hujjatlariga asoslanişi şart. Axir OTMlar ayrimlarning şaxsiy tomorqasi emas-ku, istalgan tartibni özboşimçalik bilan joriy qiladigan. Hozir qonun hujjatlarida fotosuratlar uçun bunday tartib yöqmi, demak qabul komissiyalarining bu işi noqonuniydir!
Soliqlarni kim tölaydi?
Öşa OTMlardagi olğir fotosuratçilarning faoliyatini birorta soliq organlari tekşirib körganmi özi? Şunça milliard pul kirim qilinyaptimi? Çek berilyaptimi? Bu milliardlardan davlat byudjyetiga soliq tölanadimi? Va özi öşa fotosuratçilarning guvohnomasi bormi? Yoki ayrimlar uyidagi 2 ta rangli printer va bitta noutbukni olib kelib, özi bilganiça foyda qilib yotişibdimi? OTM va fotosuratçi tadbirkor örtasida qandaydir huquqiy şartnoma bormi?
Xullas, savollar köp, buni jiddiy tekşiriş kerak.
PAPKA, ARIZA VA KSeRONUSXA
Yuqorida faqat tibbiy ma'lumotnoma va fotosurat haqida gapirdim, xolos. Ikkalasini qöşganda taxminan 13 milliardga yaqin pul bölyapti. Hali buyoqda har bir abituriyentga Nizomda körsatilmagan 2 dona «Papka-skorosşivatel», ariza blankini sotib oliş va hujjatlardan OTMning özida majburiy nusxa köçirilganlik uçun olinadigan haq haqida gapirmayapman. Ularning hisoblaganda abituriyent qabul komissiyasida taxminan 10-20 ming söm pul qoldirib ketadi. Bu degani nazorat qilinmaydigan xarajatlar 20-30 millard sömga borib qoladi.
Töğri, heç narsa tekinga bitmaydi, qilingan xizmat uçun haq oliş notöğri emas. Ammo bu faoliyat qançalik qonuniy? Bu pullar qayerga ketyapti? Şuning hisobi bormi? Meni şu öylantiradi xolos.
Özbekistondagi amaliyot
Qabul komissiyasi uçun tibbiy ma'lumotnoma albatta kerak, fotosuratga albatta OTMda tuşiş kerak, deb meni işontira olmaysiz. Bularsiz ham bemalol qabulni taşkil qiliş mumkin. Aniq misollar aytaman.
Özbekistonda milliy OTMlar orasida ilk marta tibbiy ma'lumotnoma va çop etilgan fotosuratdan Toşkent axborot-texnologiyalari universiteti voz keçgan edi. Şunda ham töliq emas, qisman.
2017 yilda TATU ilk marta Yagona portal orqali elektron hujjat qabul qilişni yölga qöygandi. Öşanda elektron hujjat topşirganlardan 086 şakldagi tibbiy ma'lumotnoma hamda harbiy xizmatdan vaqtinça çetlaştirilganiga doir ma'lumotnoma söralmasligini ma'lum qilişgan edi. Tabiiyki, öz-özidan, çop etilgan fotosurat ham kerak bölmagan. Uşbu ma'lumotnomalar abituriyentdan faqat talaba bölgandan keyingina söralişi belgilangandi.
Ming afsuski, nima uçundir TATU bu yil elektron qabulni bekor qilibdi, yana barça abituriyentlar Toşkentga kelgan holda hujjat topşirmoqda.
Joriy yilda esa Toşkent davlat yuridik universiteti maydalaşib ötirmasdan bira töla bir neçta keraksiz hujjatlarni qabul qilişni bekor qildi.
Xabaringiz bor joriy yilda abituriyentlar hujjatlari TDYuUda qabul qilinmayapti, balki Davlat xizmatlari agentligining tuman va şaharlarda faoliyat olib borayotgan 201ta davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilmoqda.
Bunda esa quyidagi hujjatlarni söraş tartibi bekor qilindi:
Mana, demak keraksiz hujjatlardan bemalol voz keçsa bölar ekan-ku. Heç qanday muammo yoki qandaydir qinğirlik yuzaga kelmas ekan. Faqat buning uçun ozgina jur'at va qat'iylik kerak, xolos.
TAKLIFIM
Joriy yilda TDYuU tomonidan joriy qilingan tartib barça uçun qöllanişi kerak. Ya'ni yurtimizdagi hamma OTMlarga Davlat xizmatlari agentligining tuman va şahar markazlarida hujjatlar qabul qilişni taşkil etiş, xuddi joriy yilda bölganidek, ortiqça qoğozbozlikni yöqotiş, umuman kerak bölmaydigan va faqat qöşimça xarajat hamda korruptsion tizimni yaratişga şaroit yaratadigan ma'lumotnomalarni söraşni butunlay bekor qiliş kerak.
Şunda qabul jarayonlari yanada şaffof va haqiqatda TeKIN böladi. Öşa milliardlar xalqning özida qoladi. Viloyatlardagilar ham Toşkentga ovora bölib kelib yurmaydi, transport va yotoq xarajatlari uçun ham yaxşigina pul tejaladi. Yaxşi tomonlari köp, sanasak maqola yana çözilib ketadi. Şu joyda töxtadim.