Iyun oyida dalalardagi buğdoyga öroq tuşadi. Ötgan yil öz yerlariga ğalla ekib, töqqiz oy parvariş qilgan fermer-dehqonlar uçun ayni avj palla. Bir qator viloyatlar don topşirişda yetarli xirmon kötarib, öz rejalarini bajarib bölişgan.
Keça, ijtimoiy tarmoqlarda Farğona viloyati, Beşariq tumanidagi fermerning ğallasi pişib, yetilib, tökilib ketayotgani, lekin tuman hokimligi hosilni yiğiştirib oliş uçun kombayn berişga tösqinlik qilayotgani haqidagi videolavha tarqaldi. Mazkur holatni batafsil örganiş maqsadida Farğonaning çekka tumaniga bordik.
Baxtiyorjon Qöqonov boşçiligidagi “Bahromjon” fermer xöjaligi köp tarmoqli ekan. Dala şiyponi şinam, yerga işlov beriş uçun texnikalari ham yetarli.
.jpg&w=1200&q=75)
Usta dehqon 60 boş naslli qoramol ham parvariş qilmoqda. Baxtiyor aka zamon bilan hamnafas ekan. Sababi, şiypondagi ofisda texnikalar va çorva mollari holatini kuzatib boriş uçun kuzatuv kameralari ham örnatilgan.
.jpg&w=1200&q=75)
Xöjalikning barça qulayliklarga ega şiyponida bir fursat bölib, ğalla maydoni tomon yöl oldik. Haqiqatda, paykaldagi buğdoy yetilib pişib, tökiliş jarayoniga kelgan. Paxta-ğalla yönalişidagi fermer xöjaligining 54 gektar yerida buğdoyning “Asr”, 34 gektar yerida esa “Namangan 77” navli paxta parvariş qilinadi.
Muammoga ötamiz. Xöjalikning buğdoyi bu yilgi mavsumda katta hosil berdi. Barakasini bersin! Qarangki, bir oy oldin 12 iyun kuni mavjud 54 gektar maydondagi ğallaning 34 gektari örilişi bilan xöjalik rejani bajardi. Qolgan 20 gektardagi ğalla xöjalikning yoniga qoldi degani bu! Hosildorlik gektaridan 50 sentnerni taşkil qilgan.
Reja bajarilgaç, ğalla otryadi kombaynlari bilan boşqa xöjalikning buğdoyini örgani ötib ketdi.
Asli tartib va tizim şunday. Va bu - juda töğri taşkil qilingan tizim. Çunki boşqa xöjaliklardagi pişgan ğalla örilişi va ular ham rejani töldiriş uçun xirmon kötarişi kerak.
.jpg&w=1200&q=75)
.jpg&w=1200&q=75)
.jpg&w=1200&q=75)
.jpg&w=1200&q=75)
.jpg&w=1200&q=75)
.jpg&w=1200&q=75)
















