10 iyul kuni Mudofaa vazirligi tomonidan Milliy matbuot markazida “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiylari va ularning oila a'zolari uçun yangi imtiyozlar” mavzusidagi matbuot anjumani bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taşabbusi bilan taşkil etilgan mazkur anjumanda Mudofaa vazirining harbiy-vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy tarbiya va yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari polkovnik Azizbek Ikromov, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya xodimlari, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi yetakçi mutaxassislari, şuningdek, OAV vakillari iştirok etdi.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiylari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi”gi 3726-son qaroriga muvofiq harbiy xizmatçilarning farzandlari uçun respublika oliy ta'lim muassasalari hamda oliy harbiy ta'lim muassasalariga öqişga kirişda qöşimça imkoniyat yaratildi. Qarorga köra, Özbekistonning mudofaa qudratini mustahkamlaşga salmoqli hissa qöşgan, xizmatdagi harbiy va ilmiy faoliyatda ma'lum bir natijalarga erişgan va tegişli vazirliklar va idoralarning tavsiyanomalariga ega bölgan xizmatdagi ofitserlar, şartnoma böyiça xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlarning farzandlariga respublika oliy ta'lim muassasalariga davlat granti asosida qabul qilinişi uçun kvota ajratildi.
Bundan taşqari, oliy harbiy ta'lim muassasalariga kursantlarning umumiy qabul sonidan bakalavriyatga qabul qilişning beş foizli kvotasi ajratiladi (ikkinçi va undan keyingi oliy ta'limdan taşqari). Ajratilgan beş foizli kvota çegarasida harbiy xizmatçilarning farzandlarini qabul qiliş tanlov asosida amalga oşiriladi hamda joylar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ötkaziladigan tet sinovlari natijasi böyiça töplangan ballardan kelib çiqqanda holda, navbatdagi ketma-ketlik tartibiga muvofiq taqsimlanadi.
Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayoniga köra, joriy yilda uşbu grant kvotasining miqdori 888 tani taşkil etadi. Undan 44 foizi (390 ta örin) Mudofaa vazirligiga, 10 foizi (89 örin) Içki işlar vazirligiga, 3 foizi (27 örin) Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, 30 foiz Davlat xavfsizlik xizmatiga (266 örin),1 foizi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga (9 örin), 10 foizi Milliy gvardiyaga (89 örin), şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xavfsizlik xizmatiga 2 foiz (18 örin) kvota ajratilgan.
















