Bundan ikki kun avval, 10 iyul kuni KUN.UZ saytida, Farğona viloyati, Beşariq tumanidagi “Bahromjon” fermer xöjaligining ğallasi pişib, yetilib, tökilib ketayotgani, lekin tuman hokimligi hosilni yiğiştirib oliş uçun kombayn berişga tösqinlik qilayotgani haqidagi maqola e'lon qilingan edi.

KUN.UZ muxbirlari Farğonaning çekka tumaniga borib, xöjalik rahbari bilan muammoli holat böyiça suhbatlaşib qaytgan, tayyorlangan fotoreportaj va videolavha mutasaddi hamda öquvçilar hukmiga havola qilingan edi.  

Unda fermer xöjaligi bir oy oldin, 10 iyun kuni mavjud 54 gektar maydondagi ğallaning 34 gektari örilişi bilan rejani bajargani, reja bajarilgaç ğalla otryadi kombaynlari bilan boşqa xöjalikning buğdoyini örgani ötib ketib, qolgan 20 gektar paykaldagi ğalla örilmay nobud bölayotgani aytilgan. 

Tahririyati muxbirlari tuman maşina traktor parkiga borib, 7 ta kombaynni böş turganiga guvohi bölgan.  Xöjalik rahbari Baxtiyor aka dalaga kombayn berişmayotganiga sabab izlab tuman hokimi eşigini köp bora befoyda taqillatganini bildirgan edi.

“Xalq rizqi bölgan buğdoy kuniga tökilib, uvol bölib yotsa-da, şartnoma asosida xizmat körsatuvçi MTP kombayn jönatmasa? Ma'lumotlarga köra, “Bahromjon” fermer xöjaligidan taşqari, yana boşqa fermer xöjaliklarida ham xuddi şu muammo bor. “Ğayratjon Oripov” xöjaligida ham ön gektar maydon kombayn kutib yotibdi. Gektarlab maydonlardagi ming maşaqqat evaziga yetiştirilgan  buğdoy yöqotilyapti”, deyilgan edi maqolada.

11 iyul kuni farğonalik fermer aloqaga çiqdi va muammolari bartaraf etilgani haqida xabar berdi.

“Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi xöjaligimizdagi mavjud muammoga e'tibor qaratdi va tuman prokuraturasi kömakka keldi. MTP buğdoy dalamizga şu kunning özidayoq kombayn jönatgaç, hosilni yiğiştiriş işlari boşlandi. Yarim kun davomida 20 gektar yerning yarmini örib böldik. Fermer xöjaligi işçilar nomidan mutasaddilarimizga öz minnatdorçiligini bildiradi”, - deydi Baxtiyor aka.

Xöjalik a'zolari ğalla maydonida örim ketayotgani haqidagi fotosurat va videolavhani yuborişgan.

KUN.UZ tahririyati Respublika Boş prokuraturasiga sayt orqali e'lon qilingan muammoli holatga tez fursatda e'tibor qaratgani uçun öz minnatdorçiligini bildiradi.