Joriy yilning 9 iyul kuni Özbekiston Respublikasining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan "Ösimliklar karantini töğrisida"gi qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlandi.

8 ta bob va 34 moddadan iborat qonunning maqsadi ösimliklar karantini sohasidagi munosabatlarni tartibga solişdan iborat. Unda karantin ostidagi mahsulot, karantin ruxsatnomasi, karantin çeklovlari, fitosanitar sertifikat va fumigatsiya kabi qator tuşunçalarga ta'riflar berilgan.

Qonunning 4-moddasida yurtimiz hududiga olib kirilayotgan va olib çiqib ketilayotgan mahsulotga nisbatan fitosanitariya talablari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan belgilanadi va tegişli tartibda ruxsat beriş vakolati yuklatilişi belgilab qöyilgan. Qonunda Ösimliklar karantini sohasidagi davlat siyosatining asosiy yönalişlari ham tartibga solingan.

Ösimliklar karantini böyiça davlat hizmatiga rahbarlikni ösimliklar karantini davlat inspeksiyasi amalga oşiradi. Jumladan, Inspektsiyaning vakolatlariga:

ösimliklar karantini sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boşqa dasturlarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişda iştirok etiş;

ösimliklar karantini böyiça dasturlar va tartiblarning öz vaqtida bajarilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşiriş, bu dasturlar va tadbirlarning Özbekiston Respublikasi hududida öz vaqtida bajarilişi uçun javobgar böliş;

karantin ostidagi mahsulotni olib kiriş çoğidagi ösimliklar karantini qoidalarini belgilaş, xalqaro savdo kontraktlariga (şartnoma) Özbekiston Respublikasining hududiga ösimliklar karantini obektlari kirib kelişining va tarqalişining oldini olişni ta'minlaydigan talablar kiritilişini körib çiqiş va xulosalar taqdim etiş;

karantin ruxsatnomasini beriş;

Ösimliklar karantini sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oşiriş, xalqaro taşkilotlarda ösimliklar karantini böyiça Özbekiston Respublikasining manfaatlarini himoya qiliş kabilar kiritilgan.

Qonunda karantin inspektorlarining huquq va majburiyatlari ham aniq belgilab qöyilgan. Unga köra,

karantin ostidagi mahsulotlarni yetiştiriş, tayyorlaş, saqlaş, taşiş, qayta işlaş hamda realizatsiya qiliş bilan şuğullanuvçi davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining hududlariga moneliksiz kirişga;

ösimliklar karantini qoidalari va fitosanitariya talablarining buzilişlarini bartaraf etiş hamda ularning oldini oliş böyiça bajarilişi majburiy bölgan taqdinomalarni kiritişga;