Samarqand viloyati içki işlar organlari faoliyatiga doir tanqidiy yiğiliş bölib ötdi. Viloyatning ayrim hududlarida huquq-tartibot idoralari keng jamoatçilik vakillari bilan birgalikda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, jinoyat sodir qilgan şaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta'minlaş, aholiga öz vaqtida va sifatli yordam körsatiş borasidagi işlar qattiq tanqid qilindi. Bu haqda IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining körsatmasiga muvofiq, Boş prokuror va Içki işlar vazirining qöşma farmoyişi asosida Içki işlar vaziri P.Bobojonov rahbarligidagi işçi guruh tomonidan Samarqand viloyatida joriy yilning 13-17 iyul kunlari içki işlar organlari faoliyatining mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarga muvofiq taşkil etilganligiga baho beriş maqsadida örganiş işlari olib borildi.

Vazir boşçiligidagi işçi guruh Samarqand viloyatining barça şahar-tumanlari hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi sohaviy xizmatlarining xodimlari bilan birma-bir suhbatlaşib, ularning xizmat faoliyatini atrofliça körib çiqdi.
Viloyatda ötkazilgan örganişlar davomida aniqlangan muammo va kamçiliklarni muhokama qiliş hamda vujudga kelgan salbiy vaziyatni zudlik bilan bartaraf etiş maqsadida şu yilning 17 iyul kuni viloyat Içki işlar boşqarmasida Içki işlar vaziri P.Bobojonov boşçiligida kengaytirilgan yiğiliş ötkazildi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Boş prokuratura, viloyat hokimligi va içki işlar organlari mas'ul xodimlari iştirok etdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan ayrim içki işlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan muloqot qilişdagi noörin xatti-harakatlari, rahbarlarning mas'uliyatsizligi va beparvoligi hamda qöl ostidagi xodimlari ustidan kunlik nazoratni lozim darajada örnatmaganliklari oqibatida tizimli kamçiliklarga yöl qöyilayotganligi va bu aholining haqli e'tirozlariga sabab bölişi, bunday holat muhtaram Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan, xalqimizning tinç va farovon hayot keçirişini ta'minlaşga qaratilgan izçil islohotlarning pirovard maqsadlariga mutlaqo javob bermasligi alohida körsatib ötildi.
















