Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi Baxtiyor Umarov Özbekiston Respublikasining Fransiyadagi elçixonasida Parij Turizm akademiyasi inspektori Alan Kaya hamda Fransiya Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining Mehmonxona va restoran biznesi missiyasi xalqaro bölimi boşliği Mişel Arbro bilan uçraşdi. 

Uçraşuv davomida Özbekiston va Fransiya öquv muassasalari örtasidagi hamkorlik masalasi, şuningdek Samarqanddagi "Ipak yöli" turizm universitetidagi öquv jarayonida fransiyalik mutaxassislarning iştiroki muhokama qilindi. 

Foto: Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi

Janob Kaya Fransiya tomon Özbekiston hukumati tomonidan turistik sohani tezkor rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni yuqori baholaşi va mamlakatda röy berayotgan islohotlarni alohida qiziqiş bilan kuzatayotganini qayd etdi. 

"Özbekiston sezilarli turistik salohiyatga ega va biz xorijiy sayyohlar oqimining keskin ösişi bu xizmatlar sektorida professional kadrlarga bölgan talabni oşirayotganini kuzatyapmiz", - dedi Alan Kaya.

Parij Turizm akademiyasi Il-de-Frans mintaqasidagi barça oliy ta'lim muassasalarini birlaştiradi va xorijiy mamlakatlar öquv muassasalari bilan hamkorlik borasida boy tajribaga ega bölgan Sorbonna Universiteti bilan uzviy hamkorlik qiladi. Şu bois Özbekiston talablarini inobatga olgan holda ta'lim loyihalarini tayyorlaş işlarini faollaştiriş maqsadida 2018 yilning sentabrida Parij Akademiyasi rektorining Özbekistonga taşrifini taşkillaştiriş taklif etilgan. 

Uçraşuv yakunlariga köra, ikki tomon Samarqand Turizm universiteti va Parij Turizm akademiyasi örtasida anglaşuv memorandumini imzolaşga doir kelişuvga erişdi. Mazkur memorandum loyihasi Fransiya tomonga körib çiqiş uçun taqdim etildi.