«PSJ» hujumçisi Edinson Kavani «Real» qiziqişlari doirasiga tuşib qolgan.
As naşri xabariga köra, «Real» hujum çiziğini kuçaytiriş ustida işlamoqda, Kavani – yozgi transferlar çoğida «Yuventus»ga yöl olgan Kriştianu Ronalduga munosib örinbosar sifatida körilmoqda.
«PSJ» rahbariyati urugvaylik hujumçisini sotişi mumkinligini istisno etmayapti. Bunday transfer parijliklar klubining moliyaviy feyr-pley bilan boğliq muammolarini, şuningdek uşbu futbolçining jamoaning boşqa bir hujumçisi Neymar bilan ziddiyati tufayli yuzaga kelgan muammoni hal qilişi bilan e'tiborlidir.
Hozirda Kavanining parijliklar klubi bilan amaldagi şartnomasi 2020 yilgaça tuzilgan.
«PSJ» 31 yoşli hujumçisini 100 mln yevrodan kamiga sotmoqçi emas. Kavani yiliga 12 mln yevro maoş talab qiladi.
Ayni paytda Kavani xizmatiga sobiq jamoasi «Napoli» ham qiziqiş bildirgan. Biroq, neapolliklar uning maoşini kötara olmasligi aniq.
2017/18 mavsumida urugvaylik futbolçi Fransiya çempionatida 32ta öyin ötkazib, 28ta gol urgan va 9ta golga hammualliflik qilgan. Uning transferi 100 million yevro bölişi mumkin.

















