Olimlar aholining salomatligi holatidan jiddiy taşvişdalar, şu bois ular qanday omillar insonlarning tez ölim topişiga sabab bölişiga doir tadqiqot ötkazişdi. "Ortodoks" tibbiy portali şu haqida xabar berdi.

Tadqiqot natijalariga köra, ular sayyoraning deyarli har ikkinçi kişisida uçratiş mumkin bölgan halokatli zararli odatlar haqida ma'lum qilişdi. Şunisi e'tiborga molikki, mazkur röyxatda spirtli içimliklar va giyohvand moddalar iste'moli kabi odatiy halokatga yetaklovçi maşğulotlar keltirilmagan.

Insonlar uçun eng halokatli odatlar röyxatidan quyidagilar örin oldi:

Yolğizlik

Psixologiya professori Julianna Xolt-Lunstadning fikriça, yolğizlik organizmga kuniga 15 sigareta çekiş kabi ta'sir körsatar ekan. Şaxsiy uçraşuvlar örnini egallab borayotgan virtual muloqot inson salomatligiga ijobiy ta'sir körsata olmaydi - inson baribir e'tibor yetişmasligidan aziyat çekadi.

Kamharakat hayot tarzi

Foto:iStockphoto

Kamharakat hayot tarzi röyxatning ikkinçi örnidan joy oldi - olimlar bu yöğon içak hamda öpka saratoniga sabab bölişi mumkin deb hisoblaşmoqda. Tadqiqotçilarning fikriça, odamlar tobora köproq kompyuter, rul va televizor qarşisida vaqt ötkazişmoqda.

Uyqusizlik

Foto: erhvn.mn

Töyib uxlamaslik insult va infarkt kabi yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib çiqarişi mumkin. Olimlarning ma'lumotlariga köra, AQŞning 70 million aholisi surunkali uyqusizlikdan aziyat çekadi. Bunday holat ayniqsa çekuvçilar uçun xavfli, bu zararli odat yurak-qon tomir kasalliklari xavfini beş baravarga oşiradi.

Oftobda toblaniş

Oftobda toblaniş xavfli odatlardan yana biri sifatida qayd etildi. Şifokorlar ultrabinafşa nurlar teri saratonini keltirib çiqarişi mumkin, deb hisoblaşadi. Toblanişning salbiy ta'siri sigaretalardan-da zararli ekani ta'kidlanadi.