Rossiya, Qozoğiston, Belorussiya, Ozarbayjon, Armaniston, Xitoy va Eronning poligonlarida bölib ötadigan yilning eng nufuzli harbiy musobaqalariga 28 iyul kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva viloyatidagi “Patriot” parkida start berildi. Bu haqda KUN.UZ’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Rossiya, Ozarboyjon, Belarus Respublikasi, Qozoğiston mudofaa vazirlari hamda Venesuela, Vetnam, Myanma qurolli kuçlari boş ştabi boşliqlari qatnaşdi. Özbekiston Respublikasidan mudofaa vazirining birinçi örinbosari – Qurolli Kuçlar Boş ştabi boşliği general-mayor Pavel Ergaşev vakillik qildi.

Törtinçi Xalqaro armiya öyinlarida bu yil 33 mamlakatning 200 dan ziyod jamoalari 7 davlatning 24 ta poligoni bazalarida ArMI-2018 musobaqaning 28 yönalişi böyiça özaro kuç sinaşadi. “Harbiy olimpiada” nomini olgan mazkur musobaqalarning deyarli hamma yönalişida harbiylarning qurol bilan işlaş könikmasi amalda sinaladi.

Ötgan yilgi “Xalqaro armiya öyinlari - 2017” doirasida bölib ötgan musobaqalarda Özbekiston Mudofaa vazirligi vakillari birinçi marta iştirok etişiga qaramay, 8 yönalişning 5 tasida sovrindorlar qatoridan joy olgan. Bu yilgi musobaqaning 13 turida iştirok etayotgan özbekistonlik harbiylar ötgan yilgi rekordini yangilab, yuksak marralarni közlaşyapti.

Musobaqalarda bu yili ilk bor Aljir, Vetnam, Myanma, Pokiston, Sudan va Filippin qurolli kuçlari vakillari qatnaşmoqda.
Rossiya Federatsiyasi hududida musobaqaning 17 ta, Xitoyda 4 ta, Qozoğistonda 3 ta va Belarus Respublikasi, Eron, Ozarboyjon va Armanistonda bittadan yönalişi böyiça bahslar ötkaziladi. Törtinçi Xalqaro armiya öyinlari şu yilning 11 avgustiga qadar davom etadi.

Şuningdek, Rossiyaning Novosibirsk şahri markaziy istirohat boğida “Xalqaro armiya öyinlari - 2018” doirasida bölib ötadigan “Qöşin razvedkasi a'loçilari” yönalişining oçiliş marosimi bölib ötdi.















