Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qiliş portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori (Özbekiston Respublikasi QT, 1994 yil, 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi mumkin.
Davlat boji stavkalariga kiritilişi rejalaştirilayotgan özgartiriş va qöşimçalar:
1. 1-bandning “ye” kiçik bandi quyidagi mazmundagi izoh bilan töldiriladi:
“Izoh: Otalikni tan oliş (belgilaş), bolaning u yoki bu onadan tuğilganligi, şuningdek tuğilgan vaqti faktlarini aniqlaş töğrisidagi arizalarni körganlik uçun davlat boji undirilmaydi.”.
2. 4-bandda:
“g” kiçik band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“g) mol-mulkni ijaraga beriş şartnomasini tasdiqlaganlik, unga özgartirişlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uçun:
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uçun – eng kam oylik iş haqining 50 foizi miqdorida;
jismoniy şaxslar uçun – eng kam oylik iş haqining 1 baravari miqdorida;
yuridik şaxslar uçun yoki taraflardan biri yuridik şaxs bölganda – eng kam oylik iş haqining 2 baravari miqdorida;”;
“z” kiçik band quyidagi mazmundagi izoh bilan töldiriladi:
“Izoh. Qarz şartnomalariga özgartirişlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uçun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi;”;
“i” va “k” kiçik bandlar quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“i) kafillik şartnomalarini tasdiqlaganlik, unga özgartirişlar kiritganlik yoki bekor qilganlik uçun:
jismoniy şaxslar uçun – eng kam oylik iş haqining 25 foizi miqdorida;
yuridik şaxslar uçun yoki taraflardan biri yuridik şaxs bölganda – eng kam oylik iş haqining 50 foizi miqdorida;

















