Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Abdujabbor Abduvohidov Özbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatçisi etib tayinlandi.

«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga köra, u prezident devonida Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça sektorga boşçilik qiladi.

U bu lavozimda 2017 yil noyabridan buyon işlab kelayotgan Rustam Sobiroviç Qosimov örnini egalladi.

Abdujabbor Abduvohidov 2018 yilning fevralida Taşqi işlar vazirining örinbosari etib tayinlangandi.

Abdujabbor Abduvohidov
Foto: Xalqaro Press-klub

Abdujabbor Abduvohidov 2002—2011 yillarda Toşkentdagi Vestminster universitetini boşqargan. Şundan söng Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Prezident huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasi rektori bölgan. Taşqi işlar vazirligiga kelişdan oldin Özbekiston prezidentining «Iste'dod» fondi ijroçi direktori bölib işlagan.

Fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari xizmati:
ta'limning uzluksizligini ta'minlaşga va yuqori malakali kadrlar tayyorlaşga qaratilgan ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini şakllantiriş va amalga oşiriş böyiça takliflarni işlab çiqadi, Kadrlar tayyorlaş milliy dasturini amalda samarali ijro etilişi böyiça işlarni taşkil qiladi;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş vazifalari, zamonaviy fan yutuqlarini hisobga olgan holda ilm-fanni rivojlantiriş va ilmiy-texnik taraqqiyotning ustuvor yönalişlarini şakllantiriş böyiça takliflar işlab çiqadi, ilmiy-tadqiqot işlari natijalarini iqtisodiyot, ijtimoiy, ta'lim va boşqa amaliy faoliyat sohalariga joriy qilişni kengaytiriş, ilmiy kadrlarni tayyorlaş va attestatsiyadan ötkaziş tizimini takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşirilişini ta'minlaydi;
soğliqni saqlaş va sport sohasini rivojlantiriş, aholi salomatligini saqlaş va yaxşilaş, soğlom avlodni tarbiyalaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng ommalaştiriş, Olimpiya öyinlarida, jahon birinçiliklarida, Osiyo çempionatlarida, xalqaro musobaqalarda Özbekiston terma jamoalari sportçilarining natijadorligini oşiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiradi.