AQŞning Honeywell korporatsiyasi Jizzakh Petroleum JV LLC benzin, dizel va reaktiv yoqilği işlab çiqariş uçun yiliga 5 mln tonna neftni qayta işlaşi mumkin bölgan yangi neftni qayta işlaş zavodining qurilişi uçun Honeywell UOP texnologiyasidan foydalanişi haqida xabar berdi.

Honeywell UOP litsenziyalaş va tayanç muhandislik loyihalaştiruvi xizmatlarini taqdim etadi. Quriliş yakunlanganidan söng, zavod yiliga Euro V sifatidagi 3,7 million tonna motor yoqilğisini, 700 ming tonna aviatsiya yoqilğisini va 500 ming tonna boşqa mahsulotlarni, jumladan, suyultirilgan neft gazi va bitumni işlab çiqaradi.
 
«Jizzakh Petroleum uşbu neftni qayta işlovçi zavodni yuqori sifatli motor yoqilğisi işlab çiqarişni oşiriş va içki talabni qondiriş uçun qurmoqda», - deya aytib ötdi Honeywell UOP prezidenti Jon Gugel.