1 avgust Ekologik burç kuni Odnoklassniki ijtimoiy tarmoği va Butunjahon yovvoyi tabiat fondi (WWF) ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilariga ular sayyoramizga qanday ta'sir körsatayotganliklarini biliş imkonini beruvçi qöşma testni işga tuşirmoqdalar. Test yordamida OK ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari Rossiya WWFguruhida qanday qilib öz ekoizini kamaytiriş va qulay atrof-muhitni saqlab qoliş mumkinligini bilib olişadi.

Testning 12 ta savollariga javob bergan holda, foydalanuvçilar ularning qay bir harakatlari köproq tabiatga ta'sir körsatişi, şuningdek oziq-ovqat mahsulotlari, transportni töğri tanlagan holda va maişiy odatlarni özgartirgan tarzda, qanday qilib ekoizni kamaytirişni tuşunib olişlari mumkin. Foydalanuvçilar şuningdek “Boing” tomonidan çiqarilayotgan karbonat angidrid gazi undagi uçayotgan har bir yölovçiga qançadan töğri kelişi, yoki salbiy iqlim özgarişlari oqibatlari bilan boğliq ravişda biz qanday mahsulotlardan ayrilib qolişimiz mumkinligini bilib olişadi.
Test foydalanuvçilarning iste'mol qilişga qançalik ongli ravişda munosabatda bölişlari töğrisidagi taxminiy tasavvurni beradi. Taklif qilingan javoblardan birini tanlagan holda, test qatnaşçisi u yoki bu odat atrof-muhitga qançalik ta'sir ötkazişi va qanday global oqibatlarga olib kelişini tuşuntiruvçi keng şarhni oladi. Test natijalari bilan foydalanuvçilar öz döstlari bilan OKda örtoqlaşişlari mumkin.
Ekologik burç kuni — bu Yer bir yil içida qayta tiklaşga qodir bölgan barça resurslarni insoniyat tamom qilgan kundir. Şu kundan boşlab va to Yangi yilga qadar odamlar bioresurlarni sayyoradan “qarzga” olişadi.

WWF tadqiqotlariga muvofiq, odamlarga biologik resurslarga — qişloq va örmon xöjaligi, dengiz baliqçiligi mahsulotlariga bölgan bazaviy ehtiyojlarni ta'minlaş va karbonat angidrid gazi çiqindilarini öziga olişi uçun endi 1,7ta biznikiga öxşaş sayyora talab qilinadi.
Har yili inson Ekologik burç kunini tobora yangi yilning boşlanişiga köçirgan holda, yanada tezroq va tezroq sayyora resurslarini sarf qilib bormoqda. 2015 yilda uşbu sana 13 avgustga, 2016 yilda — 8 avgustga, ötgan yili esa — 2 avgustga töğri keldi. Bu yil Global Footprint Network (ekologik izning hisobi bilan şuğullanadigan xalqaro taşkilot) ekspertlari sayyora resurslarini iste'mol qiliş masştablarini baholab körişdi va Ekologik burç kunini 1 avgustga belgilaşdi. Şunday qilib, Ekologik burç kuni 1 kun orqaga surildi.
















