1 avgust kungi test sinovlarida 23ta oliy ta'lim muassasalarining 154ta ta'lim yönalişida 58 ming 985 nafar abituriyent iştirok etdi. Bu haqda boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Uning bildirişiça, test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 255 nafar abituriyent, şundan 179 nafari hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga uringanligi uçun, 76 nafari bino içida şpargalkadan foydalanişga uringanligi uçun test sinovlaridan çetlaştirilgan.

Test natijalari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytariş boşlandi. 

Yetib kelgan test natijalari böyiça darhol kompyuter yordamida qayta işlaş jarayoni boşlangan.

Davlat test markazining xodimlari taşqariga çiqmasdan, telefon va boşqa aloqa vositalaridan foydalanmagan hamda test materiallarining maxfiyligini ta'minlagan holda test materiallarini qayta işlaydi.

Şu bilan birga, test sinovlarining 1-kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarda göyoki test savollarining taşqariga çiqib ketganligi töğrisidagi xabarlar tarqatilgan. Uşbu holatlar böyiça tegişli ma'lumotlar huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga berildi.

Şuningdek, ayrim binolarda test jarayonlarini onlayn kuzatiş uçun qöyilgan monitorlardagi tasvirlarni uzilib qoliş hollari axborot texnologiyalari sohasining malakali mutaxassislari tomonidan zudlik bilan bartaraf etildi va bunday holatlarga boşqa yöl qöymaslik çoralari körilgan.