2 avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk oliy harbiy qömondonlik bilim yurti dala-öquv maydonida bölib ötayotgan “Qöşin razvedkasi a'loçilari” musobaqasining uçinçi bosqiçi – “Razvedkaçi söqmoği” tösiqlar yölagini yengib ötişda Özbekiston harbiylari ikkinçi örinni qayd etişdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda razvedka bölinmalari töliq tarkibda va jangovar ekipirovkada 22 ta tösiqdan, jumladan, taxtadan va toşdan qilingan tösiqlar, tik devor, uzun ustunli simli tösiq, suvli çuqur va NATO standartidagi tösiqlardan iborat, uzunligi 800 metrdan köproq bölgan “Razvedkaçi söqmoği” tösiqlari yölagini yengib ötişi şart edi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Ta'kidlaş lozimki, musobaqaning 3-bosqiçi yakunlariga köra, özbekistonlik razvedkaçilar jamoasi umumjamoa hisobida hozirça 2-örinda
borişmoqda.