AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeoning ma'lum qilişiça, Eronga qarşi sanksiyalarga, Tehron öz siyosatini keskin özgartirmagunga qadar «qat'iy rioya qilinadi». Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Pompeoning sözlariga köra, sanksiya çeklovlarining Eronga nisbatan tiklanişi Amerika siyosatining muhim qismidir. Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Tehron bilan hamkorlik qilişda davom etadi, ammo bu «Eron rejimi tarafidan katta özgarişlarni talab qiladi».
Eslatib ötamiz, avvalroq Eron Suriyadan çiqib ketiş şartlarini ma'lum qilgandi.
Eron taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Bahrom Qosimiyning bildirişiça, Eron Suriyadagi iştirokini vaziyat barqarorlaşsa, terrorizmga qarşi kuraş esa öz yakuniga yetsa, kamaytiradi yoki butunlay çiqib ketadi.













