Özbekistonda «Kamaz» yuk maşinalari Samarqanddagi MAN maydonida yiğilmaydi. Zavod avvalgi rejimda işlaşni davom ettiradi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga «Özavtosanoat» kompaniyasidan xabar berişdi.
Rossiya matbuoti ma'lumotiga köra, bugun Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan uçraşuv çoğida Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibrohimov Özbekiston «MAN işlab çiqarişni töxtatayotgani, bu maydonda «Kamaz» iş boşlaşi» haqida ma'lum qildi.
«Heç narsa töxtilmaydi. MAN qanday işlagan bölsa, şunday işlaşda davom etadi. U (Ğulomjon Ibragimov - tah.) öz fikrini notöğri ifoda etdi. «Kamaz»ning Özbekistondagi quvvatlari UzAuto Trailer bazasida işlamoqda», - degan Kun.uz suhbatdoşi.
Şuningdek, kompaniya Özbekiston Mudofaa vazirligi 1,1 mingta «Kamaz» yuk maşinalariga buyurtma berganini tasdiqladi.
UzAuto Trailer zavodi - «Özavtosanoat» AJning 100% şö'ba korxonasi bölib, osma va tirkamali texnikani işlab çiqaradi. U Samarqand viloyatining Jomboy şahrida joylaşgan.
UzAutoTrailer zavodida joriy yilning birinçi çoragida 100ta «Kamaz» yuk maşinalarining birinçi partiyasi işlab çiqarildi. Zavodning işlab çiqariş quvvati - yiliga 1,5 mingta, keyinçalik bu raqam uç mingtaga köpayadi. Rossiya texnikasi nafaqat mahalliy bozorga, balki Markaziy Osiyo, Yaqin Şarq va Afrika mamlakatlariga ham yetkazib berilişi rejalaştirilgan.

















