Elektr avtomobillar işlab çiqaruvçi Tesla kompaniyasining aksiyadorlari guruhi kompaniya asosçisi va boş direktori Ilona Maskni sudga berdi. Bunga uning kompaniyani ehtimoliy sotib olişi haqidagi tviti sabab bölgan, deb yozmoqda Bloomberg.
San-Frantsiskodagi federal sudga murojaat qilgan da'vogarlarning fikriça, Maskning tvitlari seriyasi sababli ular yöqotişlarga uçradi. Xususan, 7 avgust kuni, Tesla boş direktori özining tvitterdagi sahifasida kompaniyaning barça aksiyalarini sotib olişi imkoniyati borligi haqida yozgan. Bu post tufayli Tesla’ning birjadagi kotirovkalari 6,5%ga kötarilib, har bir aksiya uçun 363,4 AQŞ dollarini taşkil etdi.
Da'vogarlarning fikriça, Mask öz tvitlari bilan qimmatli qoğozlar töğrisidagi qonunni buzdi. Şuningdek, jabrlanuvçi tomonning qayd etişiça, narxlarning keskin kötarilişi ba'zi aksiyadorlar zarar körişiga olib keldi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Twitter Ilon Mask nomi ostida röyxatdan ötişni taqiqlagandi.

















