«Liverpul» APLning ilk turida «Vest Hem Yunayted»ni öz maydonida qabul qilib, yirik hisobdagi ğalabaga erişdi. «Enfild» stadionidagi bahs mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 4 ta töp kiritdi.
19-daqiqada himoyaçi Endryu Robertsonning çap qanotdan uzatgan töpini Muhammad Saloh darvozaga burib yuborib, hisobni oçdi. Tanaffusga qadar hujumçi Sadio Mane örtadagi farqni ikkitaga oşirdi.
Ikkinçi taymning 8-daqiqasida yana Mane katta sahnaga çiqib, markazdan uyuştirilgan hujumni gol bilan yakunladi. Öyin söngida Starrij standart vaziyatdan söng raqib darvozasini işğol etib, öyinga sönggi nuqtani qöydi.
Şu tariqa, Yurgen Klopp jamoasi öyinni töla öz nazoratida ötkazib, mavsumni işonçli ğalaba bilan boşladi.
Parallel keçgan «Sauthempton» - «Bernli» bahsida esa hisob oçilmadi.
Toşkent vaqti bilan tungi soat 01:00da boşlanadigan markaziy öyin - «Arsenal» - «Mançester Siti» töqnaşuvi ilk turga yakun yasab beradi.
Angliya Premer-ligasi. 1-tur
Liverpul – Vest Hem 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 19 Saloh, 2:0 – 45 Mane, 3:0 – 53 Mane, 4:0 – 88 Starrij.
Liverpul – Alisson, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Keyta, Veynaldum, Milner, Mane (Şakiri, 82), Saloh (Starrij, 87), Firmino (Henderson, 69).
Vest Hem – Fabianski, Balbuena, Ogbonna, Masuaku, Rays (Snodgrass, 46), Antonio, Nobl, Felipe Anderson (Ernandes, 62), Uilşer, Arnautoviç (Yarmolenko, 67), Frederiks.
Ogohlantirişlar: Aleksander-Arnold (21), Antonio (52), Balbuena (55).
Sauthempton – Bernli 0:0 (0:0, 0:0)
Sauthempton – Makkarti, Vestergor, Xudt, Bertran, Stivens, Armstrong (Ingz, 56), Romeu, Redmond, Lemina, Soareş (Elyunussi, 56), Ostin (Gabbyadini, 72).
Bernli – Xart, Tarkovski, Uord, Louton, Mi, Kork, Vestvud, Xendrik (Barns, 76), Gudmundsson (Teylor, 87), Lennon, Vud (Vouks, 73).

















