Saudiya Arabistoni suveren jamğarmasi Tesla aksiyalarini xarid qiliş böyiça kompaniya rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, fond Tesla asosçisi Ilon Maskka kompaniyani aksiyadorlardan sotib olişiga yordam berişi kerak bölgan kelişuvda iştirok etmoqçi.

Ta'kidlanişiça, Saudiya Arabistoni şu tarzda neft bozoridagi xatarlar yuz berganda özini himoya qilmoqçi.

Şu bilan birga, sönggi oylarda fond Tesla aksiyalarining taxminan 5 foizini sotib olib böldi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Tesla aksiyadorlari Ilon Maskni sudga berişgani xabar qilingandi.

San-Frantsiskodagi federal sudga murojaat qilgan da'vogarlarning fikriça, Maskning tvitlari seriyasi sababli ular yöqotişlarga uçradi.