Senat Kengaşi tomonidan «Turob Jörayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş töğrisida» qaror qabul qilingan. Bu haqida Senat Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining 2018 yil 11 iyuldagi taqdimnomasi asosida şu kuni Senat Kengaşi tomonidan «Turob Jörayevni daxlsizlik huquqidan mahrum qiliş töğrisida» Qaror qabul qilingan va Boş prokuraturaga yuborilgan. «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida Senat a'zosining vakolatini muddatidan ilgari tugatiş asoslari va tartibi belgilangan.
Mazkur Qonunda belgilangan asoslar mavjud bölganda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Senat a'zosining vakolati muddatidan ilgari tugatilişi mumkin. «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonunning 6-moddasiga köra Senat a'zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Senatning roziligisiz, Senat majlislari oraliğidagi davrda esa, Senat Kengaşining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan ma'muriy jazoga tortilişi mumkin emas.
Moliya vaziri örinbosari, Xalq ta'limi vaziri sifatida işlagan (2004—2008 yy), keyinroq 2008—2011 yillarda Surxondaryo viloyatida hokim bölgan Turob Jörayev 2011 yilning kuzida uni Qaşqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlagandi. Oradan köp ötmay, u qattiq tanqid qilinib, işdan olingan.
Jörayev tört yillik «katta tanaffus»dan söng, yana rahbarlik lavozimiga qaytarildi. Dastlab, 2017 yilning aprel oyida Turob Jörayev Toşkent viloyatining Bekobod tumaniga, keyinroq, Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tayinlangan amaldor katta miqdordagi korrupsiyaga aralaşib qolganlikda gumon qilinib, işdan olindi.

















