Statistikaga köra, gastrit belgilari kamida har ikkinçi odamga taniş. Makkor kasallik kattalarga ham, bolalarga ham hujum qiladi, zero soğlom hayot tarzi va töğri ovqatlaniş ham soğlom oşqozon kafolati böla olmaydi. Unda nima qiliş kerak? Özingizni va yaqinlaringizni bu kasallikdan qanday himoyalaş mumkin? "Zdorove s Yelenoy Malyşevoy"da gastrit qanday kasallik ekani va nima uçun uning bu qadar keng tarqalganiga doir ma'lumotlar taqdim etildi.
Gastrit nima?

Qisqa qilib aytganda, bu - oşqozon şilliq qavatining yalliğlanişi. Gastritda oşqozon öz vazifasini normal bajara olmaydi: taom yaxşi hazm bölmaydi, bu holsizlik va quvvat yetişmovçiligiga olib keladi. Bemorlar köpinça qorin sohasida oğriq his qilişadi, şuningdek köngil aynişi, qayt qiliş, iç qotişi va iştaha pasayişi kuzatiladi. Biroq kasallik deyarli belgilarsiz keçişi ham mumkin. Oşqozon-içak trakti kasalliklarining 80 foizi - gastritning u yoki bu şakli.
Nima uçun gastrit yuzaga keladi?
Gastrit rivojlanişining asosiy sabablari orasidan quyidagilar qayd etiladi:
1. Helicobacter pylori bakteriyasi

Gastrit va oşqozon yarasi 85 foizdan ortiq holatlarda aynan şu bakteriya sabab rivojlanadi. Şunisi diqqatga sazovorki, şifokorlar uzoq vaqt Helicobacter pylori bakteriyasining mavjudligi haqida bilişmagan, gastrit sababi sifatida esa yuqori kislotalilik va stress körsatilgan. 2005 yilda amerikalik olim Barri Marşall uşbu mikroorganizmni kaşf qilgani uçun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.
Helicobacter pylori odamdan odamga asosan maişiy yöl bilan ötadi - aksariyat holatlarda umumiy ovqatlaniş idişlari orqali. Şunday bölsa-da, nima uçun bu bakteriya ba'zi kişilarga katta ziyon yetkazib, hatto saratongaça olib kelişi, boşqalari esa butun hayoti davomida organizmida bunday bakteriya borligini bilmay ham ötişi haqidagi savol oçiqligiça qolmoqda.


















