Procter & Gamble AQŞda tört savdo belgisi uçun ariza berdi: LOL, WTF, NBD va FML.
Ma'lumotlarga köra, bu belgilar suyuq sovun, idiş yuviş va tozalaş vositalari, şuningdek havo spreyi uçun qöllaniladi.
2018 yilning martidan buyon P&G direktorlar kengaşi tarkibiga kiruvçi sarmoyador Nelson Pelts 2017 yilda yoşlarning brendlarga nisbatan munosabati haqida sözlagan edi.
"Ularga universal nomlar töğri kelmaydi. Ular ruhan boğlaniş mumkin bölgan kiçik, mahalliy brendlardan foydalanişni istaşadi", - degandi u.
P&G vaziyatga rasmiy izoh bermagan. Ad Age ma'lumotlariga köra, AQŞ tovar belgilari regulyatori kompaniyadan izoh söragan va 2019 yilning yanvarigaça javobni kutadi.

















