Makkadagi "Abroj Al-Hidoya" mehmonxonasida Özbekiston musulmonlar idorasining Saudiya Arabistonidagi hamkori "Al-Hidoya" va Indoneziyaning "Burxon Al-Hidoya" kompaniyalari vakillarining uçraşuvi bölib ötdi. Unda Umra vaqtida indoneziyalik ziyoratçilarning Özbekistonning qadimiy şaharlariga safarini taşkillaştiriş masalalari muhokama qilindi. Bu haqida Musulmonlar idorasi rasmiy veb-portalida xabar berildi.

Tadbirda Özbekiston musulmonlar idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Vazirlar Mahkamasi qoşidagi Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Nuriymon Abulhasan va hamkor kompaniyalar rahbarlari iştirok etişdi.

Prezidentning 2016 yil 2 dekabrdagi Özbekiston Respublikasida turizm sanoatini tezkor rivojlantirişni ta'minlaşga doir çora-tadbirlar töğrisidagi farmoniga muvofiq, respublika hukumati ziyorat turizmidagi xizmatlarni yaxşilaş, mehmonlarning mamlakatimizga taşrifi çoğida qulay şart-şaroitlarni ta'minlaş, oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga "halol" sertifikatini kiritiş, turizm sanoatida xorijiy investorlar uçun imtiyozlar va preferensiyalar beriş böyiça qator çoralar körmoqda.

Bundan avval KUN.UZ'da Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida Özbekistonning sayyohlik salohiyati namoyiş etilgani hamda Toşkent-Jidda-Toşkent yönalişidagi aviareyslarning yölga qöyilişi haqida xabar berilgan edi.