«Tottenhem» yarim himoyaçisi Kristian Eriksen «Pari Sen-Jyermen» e'tiborida bölib turibdi. Sunday Express naşri xabar berişiça, fransuzlar klubi rahbariyati uşbu daniyalik havbek uçun 111 million yevro tölaşga tayyor.

Fransiyada transferlar dariçasi 31 avgust kuni yopiladi, parijliklar klubi esa qolgan vaqt içida maydon markazini mustahkamlaşni maqsad qilgan.

«PSJ»ning asosiy maqsadi «Barselona» havbeki Ivan Rakitiç edi, ammo xorvatiyalik futbolçi Kataloniyada qolişni ma'qul kördi.

Eriksen «Tottenhem» safida 2013 yildan buyon töp surib kelmoqda. U Londonga Amsterdamning «Ayaks» klubi safidan kelib qöşilgan. U London klubi safida ötgan vaqt içida barça turnirlar doirasida 227 öyinda maydonga tuşgan va 56 gol urgan. U ayni vaqtda «şporlar» jamoasi yetakçisiga aylangan.

Eriksen Daniya terma jamoasida 2010 yilda debyut qilgan. U milliy terma jamoada jami 82 öyin ötkazib, 23 golga mualliflik qilgan. JÇ-2018 turniri guruh bosqiçida Eriksen Peru (1:0), Avstraliya (1:1) va Fransiya (0:0) terma jamoalariga qarşi öyinlarda, şuningdek, nimçorak finalda Xorvatiyaga qarşi öyinda (1:1, penaltilar böyiça 2:3) maydonga tuşdi. U Avstraliyaga qarşi öyindagi golga mualliflik qildi.

Eriksen «PSJ»ning yozgi transferlar doirasidagi uçinçi yangi futbolçisiga aylanişi mumkin. Bungaça Parij klubi «Yuventus»ning köp yillik darvozaboni Janluiji Buffon hamda «Şalke» himoyaçisi Tilo Kerer bilan öz safini töldirgandi. 40 yoşga çiqqan darvozabon «PSJ»ga erkin agent maqomida kelib qöşildi. 21 yoşli germaniyalik futbolçi uçun esa 37 million yevro tölandi.