Yevropa çempionati guruh bosqiçi doirasidagi Daniya — Finlandiya uçraşuvida qörqinçli hodisa röy berdi — öyinning 42-daqiqasida maydon egalari yarimhimoyaçisi Kristian Eriksen kontaksiz holatda gazonga yiqilib, huşini yöqotdi. Yaqin atrofdagi jamoadoşlari unga jiddiy nimadir röy berganini anglaşdi va darhol yuztuban yotib qolgan futbolçining tili içkariga ketib qolmasligi va böğilib qolmasligi uçun uni çalqança qilişdi. Şu holat aks etgan kadrlarda uning közi oçiqligi, lekin unda hayot alomatlari yöqolayotganini köriş mumkin edi.

Maydonga çiqib kelgan tibbiyot xodimlari zudlik bilan futbolçiga birinçi tibbiy yordamni körsatişdi, unga sun'iy nafas berilib, yuragi massaj qilindi, kadrlarda köriş mumkinki, uni hayotga qaytariş uçun elektroşokerdan foydalanişdi.
Qolgan tafsilotlarni aniqlaşning imkoni yöq edi: Eriksenning jamoadoşlari uning tanasini kameralardan va tribunalardan tösiş uçun futbolçi atrofiga aylana bölib turib olişdi.

Şu bilan birga, futbolçilarning yuzidan içkarida holat jiddiy ekanini seziş mumkin edi. Translatsiya rejissyorlari vaziyat takrorini namoyiş etişmadi — odatda auditoriyani dahşatga soluvçi kadrlarni namoyiş etişni istaşmaganida şunday qilinadi.
Tribunadan Eriksenning rafiqasi tuşib keldi, ammo uni erining oldiga qöyişmadi.

Daniya terma jamoasi darvozaboni Kasper Şmeyxel maydon çetida turib uni yupatib turdi.

Terma jamoa sardori Simon Ker ham yetib kelib unga dalda bergan.























