28 iyulidan 9 avgustiga qadar 2018 yilgi “Xalqaro armiya öyinlari” doirasida Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk oliy harbiy qömondonlik bilim yurti dala öquv maydonida “Qöşin razvedkasi a'loçisi - 2018” musobaqasi bölib ötdi. Uşbu musobaqaning qatnaşçilari KUN.UZ tahririyati mehmoni böldi. Mehmonlarimiz musobaqada Özbekiston razvedkaçilarining murabbiyi Anzor Meyliyev va “Mard öğlon” mukofoti egasi Behzod Holyigitovlar böldi.

Musobaqada Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Qozoğiston, Armaniston, Özbekiston, Xitoy, Zimbabve va Sudanning qöşin razvedkaçilari jamoalari özaro bellaşişdi. Filippin va Hindiston vakillari esa kuzatuvçi sifatida iştirok etişdi.

Ularning aytişiça, hakamlar tomonidan eng çidamli jamoa sifatida bizning harbiylar e'tirof etilgan.

Avvalroq, 2017 yilning 10-17 oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning Brekon şahrida bölib ötgan “Kembriya patruli” xalqaro musobaqasida Italiya jamoasi bilan birga faxrli ikkinçi örinni qölga kiritişgan. 

Özbekiston harbiylari uşbu musobaqada umumiy hisobda 3-örinni egallaşdi. Jamoa musobaqaning 3-bosqiçida mutloq natijani qayd etgan.