2018 yil 7 sentabr kuni Moskvada Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedevning Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov bilan uçraşuvi bölib ötadi. Özbekiston hukumati rahbari Rossiyaga amaliy taşrif bilan boradi.
Hukumat rahbarlari ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik böyiça keng kölamli masalalarni muhokama qiladilar. Atom energiyasi, sanoat, qişloq xöjaligi, ta'lim sohasidagi hamkorlikni faollaştirişga alohida e'tibor qaratiladi, deya xabar beradi Rossiya hukumati matbuot xizmati.
Muzokaralardan söng Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov raisligida Rossiya Federatsiyasi hamda Özbekiston Respublikasi örtasida iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning 19-yiğilişi bölib ötadi.
Muzokaralar yakunida hukumatlararo hujjatlar imzolanişi kutilmoqda.

















