Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan fuqaro Ş.Sirojyev Vobkent tuman IIB navbatçilik qismi maxsus avtomaşinasida tösatdan vafot etganligi holati yuzasidan 17.08.2018 yilda viloyat prokurorining birinçi örinbosari tomonidan JKning 206-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ş.Sirojyevning ölim sababini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlanib, sud tibbiy ekspertning birlamçi ma'lumotiga köra, Ş.Sirojyevning ölimi tilning orqaga ketişi oqibatida yuqori nafas yöllarining berkilişidan kelib çiqqan mexanik asfiksiya natijasida yuzaga kelganligi aniqlangan.

Qayd etilişiça, iş yuzasidan sud tibbiy, biologiya, kriminalistika, trasologiya va boşqa qator sudga oid ekspertizalari tayinlangan.

Vobkent tuman IIB xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.

Xozirda jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda.