Facebook işlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi
|03:40 / 09.09.201848 0798 min
Bugungi kunda internet insonlar hayotidan şu darajada çuqur örin oldiki, odamlar internet bilan uxlab, internet bilan uyğonişyapti. Tasavvur qiling, yaqinlaringiz bilan har kuni Facebook orqali hol-ahvol söraşasiz, fikr almaşasiz. Va kutilmaganda u oçilmay qoldi. Sayt örniga ekranda oppoq sahifa nur soçib turibdi. help-wifi naşri ana şunday paytda xususiy virtual tarmoq – VPNdan foydalaniş kerakligini bildirmoqda. VPN qanday işlaydi
Kompyuter özining aniq IP-manziliga ega bölib, u orqali ma'lum bir saytlar bloklanadi. VPN texnologiyasi dastur yoki kengaytma orqali işlaydi. VPN kompyuter manzilini boşqa mamlakat serveridagi manzilga özgartirib qöyadi.
Söngra provayder bloklay olmaydigan himoyalangan ulaniş tarmoği yaratiladi. Natijada internetdagi kiriş imkoni bölmagan saytga kiriş mumkin böladi.
Barça texnologiya ikkita qatlamda işlaydi. Qatlamlarning birinçisi içki, ikkinçisi taşqi tarmoqdan iborat böladi. Mazkur texnologiya orqali ulanganda, tizim tarmoqni identifikatsiya qiladi, söngra avtorizatsiya uçun sörov yuboradi. Bu texnologiya biror ijtimoiy tarmoqda avtorizatsiyadan ötişga öxşab ketadi, faqat bu himoyalangan protokol orqali va provayder iştirokisiz amalga oşiriladi.
Virtual tarmoqlarning özi ham bir neçta toifaga bölinadi. Eng asosiy toifalaş himoyalaniş darajasi böyiça, ya'ni pullik va bepul VPN’dan foydalaniş qay darajada xavfsiz ekanligi böyiça aniqlanadi.
Ular örtasidagi farq himoyalangan ulanişda. Masalan, pullik tizimlar PPTP, IPSec kabi himoyalangan protokollar taqdim etadi. Bepul VPN esa köpinça faqatgina «işonçli» kanallarni beradi. Ya'ni buning uçun tarmoq kuçli himoyalangan bölişi kerak, VPN esa himoya darajasini kuçaytirib beradi.
VPN texnologiyasi foydalanuvçilarga quyida imkoniyatlarni taqdim etadi:
- ma'lumotlar himoyasi. Bu ayniqsa, bepul Wi-Fi orqali internetga ulanib, keyin bank kartasi haqidagi ma'lumotlar öğirlanganidan boşini çangallab qoladiganlar uçun foydali.
- töliq maxfiylik. Foydalanuvçi biror saytga kirganida, uning harakati provayder serverida aks etadi va provayder uning internetdagi sayohati haqida batafsil ma'lumotga ega böladi. VPN orqali kirilganida esa boşqa IP-manzil körsatilgani uçun foydalanuvçining qanday saytlarga kirganini aniqlab bölmaydi.
- xorijiy resurslardan foydalaniş imkoniyati.
Mavzuga oid
Oddiy brauzerda VPN orqali saytlarga kirişning ikki yöli bor:
- kompyuterga VPN-kliyent (dastur) örnatiş;
- brauzerga kengaytma örnatiş.
Kompyuterga VPN-kliyent örnatiş uçun internet orqali dastur, masalan «Betternet» köçirib olinadi. Söngra örnatiş fayli orqali dastur kompyuterga örnatiladi. Örnatilgan dastur işga tuşirilib, «Connect» yozuvi bosiladi va böldi, hammasi tayyor. Faqat muammoli joyi şundaki, dastur avtomatik ravişda tasodifiy IP-manzilni taqdim etadi va mamlakatni tanlaşning imkoni bölmaydi, ammo birgina tugmaçani bosiş orqali VPN’dan foydalaniş mumkin böladi. Yana bir minus tarafi – dasturni muntazam ravişda işga tuşiriş zaruriyati, ammo kompyuter yoqilişi bilan işga tuşişi mumkin bölgan dasturlar ham mavjud.
Ikkinçi usul – brauzerga kengaytma örnatiş. Buning minus tarafi foydalaniş uçun röyxatdan ötiş va yana bir salbiy jihat – kengaytmaning köpinça öçib qolişi. Ammo kengaytmadan foydalaniş juda oson – brauzerdagi ikonka bosiladi, kerakli mamlakat va profit tanlanadi.
Opera brauzeri uçun bepul VPN
Avvalo brauzerning oxirgi versiyasi örnatilgan bölişi lozim. Söngra «Menyu» orqali sozlamalar («Nastroyki»), xavfsizlik («Bezopasnost») tanlanadi va VPN’ni yoqiş uçun «Vklyuçit VPN» yozuviga belgi qöyiladi.
Mazkur xizmat bepul hamda çeklanmagan trafik va tezlikka ega. Bundan taşqari, foydalaniş ham qulay. Google Chrome uçun VPN
Google Chrome brauzeri uçun köplab VPN kengaytmalar mavjud. Ularni Google rasmiy dökonidan topiş va örnatiş mumkin.
Buning uçun menyu oçiladi, qöşimça uskunalar («Dopolnitelnyye instrumenty») bölimiga ötiladi va kengaytmalar («Rasşireniya») tanlanadi.
Söngra «Yeşçyo rasşireniya» bölimi bosiladi. Şunda Chrome brauzeri uçun kengaytmalar joylaşgan dökon sayti oçiladi. Qidiruv bölimida VPN deb yoziladi va kengaytmalar röyxati çiqadi.
Örnatiş («Ustanovit») tugmasi bosilsa kifoya, kengaytma brauzerga örnatiladi. Söngra «Menyu» tugmasi yonida kengaytmaning ikonkasi paydo böladi.
Chrome uçun ayrim VPN kengaytmalar:
Hotspot Shield. Bepul rejim mavjud. Istasangiz, 7 kun davomida pullik versiyasini sinab körişingiz mumkin. Kengaytmalar dökonining qidiruv tizimidan «Hotspot Shield» deb yozib topiş va örnatiş mumkin.
Menyu yonida belgi paydo böladi. Belgi ustiga siçqonça körsatkiçi bosiladi. Iş rejimi tanlanadi (bepul yoki pullik sinov. Söngra ulaniş tugmasi bosiladi. Ulaniş amalga oşgaç, belgi yaşil tusga kiradi.
Qaysi mamlakat orqali kirişni istasangiz öşa mamlakatni tanlaşingiz mumkin.
Touch VPN. Qidiruv orqali topib örnatiladi, ikonka bosiladi va faollaştiriladi.
Röyxatdan ötiş şart emas.
Unlimited Free VPN - Hola. Qidiruvda şunçaki «Hola» deb izlab topiş va örnatiş mumkin. Ikonkani bosiş bilan VPN orqali işlaş faollaştiriladi.
Yana boşqa kengaytmalar: Browsec, friGate Light, TunnelBear (trafik çeklangan bepul versiyasi), ZenMate, Betternet Unlimited Free VPN Proxy. Mozilla Firefox brauzeri uçun VPN kengaytmalar
Mozilla Firefox brauzerida ham uşbu kengaytmani örnatiş mumkin.
Buning uçun «Menyu» orqali qöşimçalar («Dopolneniya») bölimiga kiriladi.
Kengaytmalar (rasşireniya) bölimida qidiruv satrida «vpn» yoki kengaytmaning aniq nomi yoziladi hamda qidiriladi.
Pastdagi tegişli havola orqali kengaytmalarning töliq röyxatiga ötiş mumkin. Hotspot Shield köçirib olinişi va yoqilişi bilan işga tuşadi. Hoxx va ZenMate kengaytmalarida işlaş uçun röyxatdan ötiş talab qilinadi.
VPN örnatilganidan söng kerakli saytlar oçiladi. Agarda saytning yuklaniş tezligi yoki kengaytmaning işlaşi yoqmasa, boşqasini tanlab örnatiş mumkin. Endi esa iOS yoki Android tizimida işlaşni körib çiqamiz.
Smartfon yoki planşetda VPN’dan foydalaniş juda oson – buning uçun mobil ilovalardan foydalaniladi. Faqat muammo şundaki, ayrim dasturlar root-huquqni talab qiladi, bu esa ançagina boşoğriq iş, buning ustiga telefon işdan çiqişi heç gap emas. Bunday holatga yöliqmaslik uçun faqat root-huquq talab qilmaydigan dasturlarni örnatiş kerak böladi.
Masalan, Android uçun OpenVPN, iOS uçun Cloak dasturini. iPhone va iPad’da şuningdek, iOS uçun bepul Opera VPN’dan foydalansa böladi.
Dasturni yuklaş qiyin emas: Play Market yoki AppStore’dan ilova smartfonga köçirib olinadi va örnatiladi. Söngra VPN faollaştiriladi, profil tanlanadi (qayerdan kirilişi, IP-manzil), keyin esa ulaniş amalga oşiriladi. Internetga VPN orqali kirilganini ilovaning özi xabardor qiladi.
Yuqoridagi tavsiyalarimiz keyingi kunlarda Facebook ijtimoiy tarmoğiga kirişda qiyinçilikka duç kelayotgan öquvçilarimizga yordam beradi degan umiddamiz.