Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko ukrainalik tankçilarning maşqlaridan «qizğin» videoni özining feysbukdagi sahifasida bölişdi.
Ukraina prezidentining aytişiça, bu videoni internetda tasodifan körib qolgan.
«Balli, yigitlar! Sizlar - qudrat, jangovar kayfiyat va tuganmas optimizmni özingizda aks ettirasiz. Bizning ğalaba aniq. Gap - kuçda!», - deya yozgan Poroşenko.
U kadrlarda tasvirlangan maşqlar qaçon va aynan qayerda ötkazilganiga aniqlik kiritmadi.
9 sentabr kuni Ukrainada Tankçi kuni nişonlanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ukraina razvedkasi Zaxarçenkoga suiqasdni kim taşkillaştirganini ma'lum qilgandi.
Bildirilişiça, özini mustaqil deb e'lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» («DXR») sobiq yetakçisi Aleksandr Zaxarçenkoga suiqasdni Rossiya tomoni taşkillaştirgan.
















