Özbekistonlik yengil atletikaçi, uç karra Osiyo çempioni Svetlana Radzivil Çexiyaning Ostrava şahrida bölib ötgan Qit'alararo kubokda balandlikka sakraş böyiça ikkinçi natijani qayd etdi.
Uşbu xalqaro turnirda rossiyalik Mariya Lasitskene ğalaba qozondi. Ikki karra jahon çempioni sifatida Yevropa nomidan iştirok etgan Lasitskene 200 santimetr balandlikdan ötdi. Osiyo vakili sifatida turnirga borgan Svetlana Radzivil esa 195 santimetrlik natijani qayd etdi, uçinçi örinni egallagan Amerika qit'asi vakili Levern Spenser (Sent-Lyusiya) 193 santimetrlik natija bilan kifoyalandi.
Lasitskene Butunrossiya yengil atletika federatsiyasidan çetlatilgani tufayli Qit'alararo kubokda neytral maqomda iştirok etdi.
Turnirda Osiyo şarafini himoya qilgan yana bir özbekistonlik yengil atletikaçi, Osiyo öyinlari kumuş medali sovrindori Ruslan Qurbonov esa uç hatlab sakraş maşqlarida oltinçi natijani qayd etdi.

















