11 sentabr kuni Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi kassatsiya instansiyasida prokuror M.Hayitov xorazmlik imom Hikmatulla Yusupov heç qanday jinoyat işi doirasida aybli emasligini ta'kidladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi imom Hikmatulla qori Yusupov işi böyiça Özbekiston Respublikasi Oliy sudiga protest keltirib, mahkumning turmuş örtoği M.Rahmatullayevaning murojaatini qanoatlantirgandi. Şundan söng joriy yilning 14 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Oliy sudi mazkur işni keltirilgan protestga köra qayta körib çiqişi ma'lum böldi.Biroq öşa kuni «ma'ruzaçi sudya Möminov xizmat safariga ketgan»i sababidan sud işi noma'lum muddatga qoldirildi. Oradan ikki kun ötişi bilan Oliy sud Hikmatulla qori Yusupovga nisbatan bölgan jinoyat işini nazorat bosqiçida körib çiqdi. 

Sudda iştirok etgan prokuror Boş prokuratura protestini quvvatlab, sud Hikmatulla Yusupovga nisbatan ayblov hukmi çiqarişda JPKning 22,463-moddalari talablariga rioya qilmaganligi, uni ayblaş tergov hibsxonasida bergan ayrim sudlanuvçilarning körsatuvlari asos qilib olingani hamda jinoyat işida Yusupovning aybini tasdiqlovçi boşqa biror bir dalil mavjud emasligi va boşqa vajlarga köra ajrimni bekor qilib, işni yangidan körib çiqiş uçun kassatsiya instansiyasiga yuborişni söragandi.

Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati protestni qanoatlantirib, kassatsiya bosqiçida imom Hikmatulla Yusupovning iştiroki albatta ta'minlangan holda körilişini ma'lum qilib, jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi kassatsiya instansiyasining 14.02.2017 yildagi ajrimini bekor qildi. 

11 sentabr kuni jinoyat işi Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudi kassatsiya instansiyasida raislik etuvçi B.Alimov, sudyalar Z.Nurmatov va I.Turgunovalardan iborat tarkibda​ körib çiqildi. Unda prokuror M.Hayitov​ fikri tinglandi. Undan söng, advokatlar Abdumalik Abdullayev va Xurşed Rustamov prokurorni qöllab-quvvatlab, Yusupovning sodir etilgan jinoyatlarga aloqador emasligini ta'kidladi. Yusupov kassatsiya instansiyasida şaxsan iştirok etib, prokuror va advokatlarning fikrlariga munosabat bildirdi. 

«Bismillahir rohmanir rohiym. Assalomu alaykum, hurmatli sudya, prokuror va sud iştirokçilari! Uzoqdan taşrif buyurib, adolat tantana qilişini kutayotgan qarindoş, döstlar, barçangizga taşakkur. Odil va oqilona siyosat yuritayotgan Yurtboşi bilan siylagan Allohga hamdlar bölsin. Men aytilayotgan jinoyatlarga aloqador emasman, buni avval ham aytganman, yana takrorlayman. Prokuratura xodimlari işni sinçkovlik bilan örganib çiqib, xulosani öqib eşittirdi. Men prokuror va advokatlarning sözlarini tingladim, ularni qöllab-quvvatlayman», deydi Yusupov.