12 sentabr kuni OAVda Yunusobod tumani sudida Özbekistonning sobiq boş prokurori Raşid Qodirov hamda Toşkent prokurorining sobiq örinbosari Mirağlam Mirzayev ustidan sud boşlangani töğrisida tarqalgan xabarlar öz tasdiğini topmadi.

Özbekiston Oliy sudi rasmiy vakili Aziz Obidov bu xabarlarga munosabat bildirar ekan, hali tergov jarayoni davom etayotgani, sobiq prokurorlar böyiça iş tuman sudida körib çiqilmasligini ma'lum qilgan.

Şu yilning 22 fevralida Toşkentda Özbekiston sobiq boş prokurori Raşid Qodirov Jinoyat-protsessual kodeksi 221-moddasi tartibida qölga olingandi. Unga nisbatan «Tovlamaçilik», «Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qiliş», «Pora oliş» moddalari böyiça jinoyat işi oçilgan. Şuningdek, uşbu jinoyat işi böyiça boş prokurorning sobiq örinbosarlari hamda Toşkent viloyatining sobiq prokurorlari bölmiş Jamşid Fayziyev va Uluğbek Sunnatov uşlangandi. 

Raşid Qodirov Özbekiston prokuraturasini 15 yil davomida boşqargan va 2015 yil aprelida lavozimdan olingandi. 

Keyinroq uşbu iş doirasida yana öndan ortiq kişi qamoqqa olindi. Ular orasida «Toşkentni titratgan prokuror» - Toşkent şahar prokurorining korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlar böyiça sobiq örinbosari, «Antibiotik» laqabli adliya maslahatçisi Mirağlam Mirzayev va unga yaqin bölgan boşqa prokurorlar ham bor edi.

«Qodirov işi» işi doirasida jami 21 kişi qamoqqa olingan.

Özbekistonning hozirgi boş prokurori Otabek Murodov şu yilning iyunida Senatdagi çiqişi vaqtida Raşid Qodirov bilan boğliq vaziyat töğrisida gapira turib, qölga olinganlarning barçasi ustidan tergov jarayoni davom etayotganini bildirgandi.

Öşanda u tergovning maqsadi - qölga olinganlarni qamoqqa taşlaş emas, davlatga yetkazilgan zararni undiriş ekanini aytgandi.