Bugun, 13 sentabr kuni Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi Qatortol köçasida quvur yorilişi natijasida issiq suv oqimi yöl qoplamasini yorib yubordi.
«Toşissiqquvvati» Çilonzor tuman boşqarmasi «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, avariya issiqlik tarmoqlarida quvurlar mustahkamligini tekşiriş işlari olib borilişi natijasida sodir bölgan.
«Toşissiqquvvati» DUK 2018/2019 isitiş mavsumiga tayyorgarlik maqsadida, Toşkent şahar Uy-joy kommunal xizmat körsatiş boş boşqarmasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, issiqlik tarmoqlarining rejali sinovlarini ötkazmoqda. Issiqlik tarmoqlari sinovlari töğrisida 28 avgustdayoq OAV orqali e'lon qilingandi.
13 sentabr kuni 5-IM issiqlik manbai ta'sir doirasining mexanik ziçlik va mustahkamlikka (opressovka) sinovlar ötkazilayotganda, Qatortol köçasidagi issiqlik tarmoqlarining eskirgan uçastkasida magistral quvurning yorilişi sodir böldi, buning oqibatida asfalt qoplamasining buzilişi sodir böldi va şu hududdagi «Spark» va «Matiz» yengil avtomobillari buzilgan asfalt qoplamasi tufayli şikastlandi.
Hozirda sinov ötkaziş vaqtida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etiş işlari olib borilmoqda. Avtomaşinalarga yetkazilgan zararlarni qoplaş maqsadida «KROSS» suğurta kompaniyasi tomonidan keltirilgan zararlarni baholaş işlari amalga oşirilmoqda», — deyilgan xabarda.




















