Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda deputatlar mamlakatda ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini körib çiqdilar.
Parlament quyi palatasining bir guruh deputatlari tomonidan qonunçilik taşabbusi huquqi asosida kiritilgan “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi qizğin bahs-munozaralarga sabab böldi.
Ta'kidlanganidek, mazkur qonun loyihasi fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovida iştirok etiş böyiça fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişiga qulay şaroit yaratiş, saylov jarayonining oçiqligi va şaffofligini yanada oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
Sözga çiqqan deputatlar avvalo uşbu qonunda qanday yangi tuşunçalar, normalar mavjud degan masalalar xususida atrofliça töxtalib ötdilar.
Qonun loyihasi bilan fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli)ning vakolat muddati ikki yarim yildan uç yilga uzaytirilmoqda.
Saylovlarda bevosita fuqarolarning özlari köproq iştirok eta olişini ta'minlaş maqsadida saylov ötkazilayotgan hudud — hovlilar, uylar, köçalardan fuqarolar vakilligining minimal normasini belgilaş taklif etilmoqda. Bunda har bir hududning aholisi soni inobatga olingan.
Taklif etilayotgan yangi qonun loyihasiga köra, endilikda saylovlarni taşkil etiş va ötkaziş masalasi bilan respublika darajasida Oliy Majlis Senati Kengaşining komissiyasi emas, balki alohida tuziladigan fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi Respublika komissiyasi şuğullanişi belgilanmoqda. Uning tarkibiga parlament quyi palatasi deputatlari, Senat a'zolari, tegişli davlat organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari, ilmiy muassasalar va boşqa taşkilotlar vakillari kiritiladi.
Fuqarolar öz xohiş-irodasini erkin bildirişiga ta'sir etiş imkoniyatini qoldirmaslik maqsadida fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovlarida yaşirin ovoz beriş tizimi örnatilmoqda.
Saylov jarayonining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş maqsadida esa, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovini taşkil etiş va ötkaziş, saylov ötkaziladigan sana, uning vaqti va joyi töğrisida, rais (oqsoqol) lavozimiga nomzodlar haqidagi axborotni Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça kengaşlarning rasmiy veb-saytlarida joylaştiriş közda tutilmoqda.

















