Qozog‘iston ham turistik politsiya faoliyatini tashkil etish ustida ish olib bormoqda
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining Migratsiya xizmati qo‘mitasi raisi Murat Kabdenov respublika hududiga kelgan sayyohlar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.
Mutasaddi tashkilot vakilining aytishicha, politsiya va ularning faoliyati to‘g‘risida salbiy fikrlar jamiyatda uchrab turadi, ammo ular, Kabdenovning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy xarakterga ega emas.
«Politsiya tomonidan yo‘l qo‘yilgan ba'zi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha vazirlikning tegishli bo‘limlari, xususan o‘z xavfsizlik bo‘limi ichki tekshiruv olib bormoqda. Agar politsiya vakili shunday holatlar bo‘yicha aybdor, deb topilsa, tegishli mansabdor shaxs va xodim intizomiy javobgarlikka tortiladi. Biz chet el fuqarolari tomonidan yuborilgan murojaatlarni ham tahlil qilyapmiz. Men salbiy munosabatdan ko‘ra, ko‘proq ijobiy fikrlar ko‘payishini istardim», deydi u.
Migratsiya xizmati qo‘mitasi raisi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat dasturi ishlab tayyorlanayotgani, takliflardan biri sayyohlar bilan bevosita ishlaydigan turistik politsiya tashkil etish ekanini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, turistik politsiya amaliyoti O‘zbekistonda shu yilning fevral oyidan boshlab, muomalaga kiritilgan. Xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari tashkil qilingan bo‘lib, birgina Buxoro viloyatida boshqarma tarkibiga 45 kishidan iborat shtat kiritilgandi.
Bundan tashqari, xalqaro festivallarga mezbon bo‘lgan Qashqadaryo viloyatida ham Tourist-friendly tamoyilini inkor etmagan holda xavfsizlikni yuqori darajada saqlash uchun huquqni muhofaza qilish organlari va ko‘ngillilar bilan katta ishlar qilindi. O‘zbekistonda Turistik politsiya nafaqat avtomobillar, balki sigvey va skuterlar bilan ham ta'minlangan.
Mavzuga oid
16:31
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida birinchi temiryo‘l sayohat dasturi boshlanadi
15:25
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024