Özbekiston karate Milliy federatsiyasiga yangi rahbar saylandi. 

«26 sentabr kuni poytaxtimizda joylaşgan «Universal» sport saroyining majlislar zalida Özbekiston karate Milliy federatsiyasining navbatdan taşqari konferensiyasi ötkazildi. Unda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Adliya vazirligi vakillari, federatsiya Ijroiya qömitasi a'zolari, viloyat federatsiyalari rahbarlari, hakamlar, murabbiylar, terma jamoa a'zolari iştirok etişdi», deb xabar qilmoqda Özbekiston karate Milliy federatsiyasi matbuot xizmati.

Kun tartibidan viloyat federatsiya rahbarlari, ÖKMF boş hakami va terma jamoalar murabbiylaridan kelib tuşgan murojaat va arizalarni körib çiqiş, şuningdek, taşkilotga yangi rahbar saylaş masalalari örin olgandi.

Yiğiliş davomida federatsiyada yuzaga kelgan bir qator masalalar körib çiqilib, muhokama qilindi.

Şundan söng Özbekiston karate Milliy federatsiyasi raisi lavozimiga Alamjon Töxtasinoviç Mullayev nomzodi ilgari surilgan. Konferensiya iştirokçilari körsatilgan nomzodni qöllab-quvvatlaşgan va Mullayev taşkilotning yangi rahbariga aylangan.

Foto: Milliy olimpiya qömitasi
Foto: Milliy olimpiya qömitasi

Bungaça Osiyo sambo ittifoqi prezidenti sifatida işlab kelgan Alamjon Mullayev endi Nurxon Nafasov örnida iş boşladi.

Nurxon Nafasov şu yilning may oyida 12 yillik tanaffusdan keyin yana Özbekiston karate Milliy federatsiyasiga prezident bölgandi. U bu safar yarim yilga qolmay lavozimni tark etişi sababi noma'lum.