Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti Donald Trampning aytişiça, BMT Boş assambleyasi doirasida Kanada boş vaziri Jastin Tryudo bilan uçraşişdan boş tortdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, matbuot anjumani vaqtida jurnalistlar Trampga tegişli savol bilan murojaat qilişgan. Prezident uçraşuvdan boş tortganini tasdiqladi.
«Ha, men buni qildim. Çunki tariflar juda yuqori», - dedi Tramp.
Uning qöşimça qilişiça, Tryudo umuman yon bosişni istamayapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko va Trampning bir xil kostyumda paydo bölişi ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari kulgisiga sabab bölgandi.













