Adliya vazirligi tomonidan işlab çiqilgan «Maişiy zörlik işlatişning oldini oliş töğrisida»gi qonun loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.
 
Eslatib ötamiz, prezidentning 2.07.2018 yildagi PQ-3827-son qarorida (14-band) qonun loyihasini işlab çiqiş nazarda tutilgan. Şuningdek mazkur hujjat bilan maxsus reabilitatsiya markazi taşkil etilgan, jabrlanganlar murojaat qilişi uçun «tezkor aloqa» yölga qöyilgan.  
 
Norma’ning yozişiça, taqdim etilgan qonun loyihasining tuşunçalar doirasi keng. Avvalambor, maişiy zörlik işlatiş deganda kundalik oilaviy turmuşda bir şaxs (bir guruh şaxslar) tomonidan boşqa şaxsga nisbatan uning hayoti, soğliği, erkinligi, jinsiy daxlsizligi, or-nomusi, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoyalanadigan boşqa huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiluvçi harakatlar (harakatsizlik) sodir etilişi tuşuniladi.  
 
Maişiy zörlik işlatiş turli şaklda bölişi mumkin:

• ruhiy (inson qadr-qimmatini tahqirlaş, kamsitiş, haqorat qiliş, tuhmat qiliş, doimiy tanqid qiliş, mazax qiliş, uydan çiqib ketişi yoki uydan haydaş bilan tahdid qiliş va boşqalar);
• jismoniy (kuç işlatiş);
• jinsiy (jinsiy aloqaga majburlaş);   
• iqtisodiy (turar joyidan, yemişidan, kiyim-keçagidan va boşqa mol-mulkidan mahrum qiliş).
 
Maişiy zörlik işlatişning oldini oliş bilan bevosita prokuratura, adliya, içki işlar, mehnat, ta'lim va soğliqni saqlaş organlari, şuningdek Xotin-qizlar qömitasi, «Oila» markazi va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari şuğullanadilar. Qonun loyihasi bilan ularning vakolatlari batafsil tartibga solingan.
 
Maişiy zörlik işlatişning oldini oliş tizimi umumiy va yakka tartibdagi çora-tadbirlarni öz içiga oladi. Birinçisiga tegişli davlat dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş, huquqiy tarğibot va tahliliy işlar kiradi. Ikkinçisi - aniq va maxsus yönaltirilgan tadbirlar: maişiy zörlik işlatişning oldini oliş yuzasidan ötkaziladigan suhbatlar, himoya orderini rasmiylaştiriş, aholini uşbu harakatlarni keltirib çiqaradigan sabablar va şart-şaroitlar haqida xabardor qiliş hamda jabrlanganlarni maxsus reabilitatsiya markazlariga joylaştiriş.