Samarqand şahar IIBga 2017 yil 17 iyul kuni Samarqand şahar Uçquduq mahallasi hududidan oqib ötuvçi Darğom kanalidan şaxsi noma'lum erkak kişining jasadi topilgani haqida xabar qilişdi. Zudlik bilan tergov-suriştiruv guruhi voqea joyiga yetib bordi. Sud tibbiy-ekspertizasi tayinlandi, deb yozmoqda ÖzA.
35-40 yoşlardagi şaxsi noma'lum erkak murdasi çiriş holatdaligi va suvda köp qolib ketganligi aniqlangan. Uning tanasi, peşona, çap qoş, ensa, tepa sohalari ezilgan, kalla-suyak sohalari singan. Ölim sababi deya boşiga berilgan jiddiy zarbalar tasdiqlandi.
Huquq-tartibot idoralarining kuç va vositalari uşbu jinoyatni oçişga safarbar etildi. IIB xodimlari, avvalo, marhumning şaxsini aniqlaş, söngra uning ölimi sabablarini suriştirişga kirişdi. Uşbu jarayon davom etayotgan paytda Samarqand şahrida egasiz qoldirib ketilgan avtomaşina topildi. Bu mudhiş jinoyat kalavasining uçini topişga yordam berdi. 30 T 265 VA raqamli “Neksiya“ Urgut tumanidagi Beşkon mahallasida yaşovçi Dilmurod Bobomurodovga tegişli ekani va u aynan Darğom kanalidan topilgan marhum ekani ma'lum böldi.
Tezkor qidiruv va suriştiruv işlaridan jinoyat tafsilotlari va bu mudhiş qotillikka qöl urgan şaxslar aniqlandi. Voqea maşina topilgan Samarqand şahrida emas, Urgut tumanining Taroqli mahallasida sodir bölgan ekan.
“Taroqli“ mahalla fuqarolar yiğini raisi O.Odilov şu mahallada yaşovçi L.Dösanovadan 2015 yilda 1000 dollar miqdorida qarz oladi. Ammo qarzni vaqtida qaytara olmaydi. Kunlarning birida L.Dösanova mahalla raisiga qönğiroq qilib, fuqaro D.Bobomurodov uni doimiy ravişda haqoratlab, xörlab kelayotganini aytadi. Şundan söng ikkovlon D.Bobomurodovdan öç olişni rejalaştiradi va bu iş amalga oşsa, L.Dösanova mahalla raisining qarzidan voz keçişini bildiradi.
Uşbu şart O.Odilovga ham ma'qul tuşadi va u L.Dösanovaning xonadonida D.Bobomurodovning mastligidan foydalanib, uning boşiga bolta bilan urib, öldiradi. Jinoiy şeriklar – O.Odilov va L.Dösanova jinoyat izini yaşiriş va muqarrar jazodan qutulib qoliş maqsadida D.Bobomurodovning jasadini körpaça va gilamga öragan holda marhumga tegişli bölgan “Neksiya“ning yukxonasiga ortadi. Söngra jasadni Tayloq tumanining Davlatobod qişloğidan oqib ötuvçi Darğom kanaliga taşlab yuboradi. Ertasi kuni esa maşinani Samarqand şahriga olib borib, öşa yerda qoldirib kelişadi.
















