Surxondaryoda 11 yoşli qizça zörlanib, öldirilgani haqida xabar berilgandi.

Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga uşbu hodisa böyiça yangi tafsilotlarni ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, 2018 yil 25 sentabr kuni soat 21:30larda Uzun tumani, “Malandiyon” mahallasida yaşovçi fuqaro T.A. tomonidan yaşaş uyi yertölasidan T.A.ning voyaga yetmagan qizi Ş.A.ning jasadi tan jarohatlari bilan topilgan.

Jinoyatni foş etişga qaratilgan tezkor-tergov harakatlari davomida aniqlanişiça, fuqaro A.X. 2018 yil 25 sentabr kuni qarindoşining uyida ta'mirlaş işlarini ertalab taxminan 08:00larda boşlab, şu kuni soat 13:00larda birga işlayotgan ikki nafar şeriklari bilan tuşlik qilib, bir şişa aroq içib, şundan söng soat 14:50lar çamasida qarindoşi F.Ş.ning qöşnisi T.A.ning yaşaş uyiga borib, uning qizi Ş.A. bilan uyining yertölasida qizning qarşiligiga qaramasdan jinsiy aloqada bölib, nomusiga tegib, söng qasddan böğib öldirgan.

Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 26 sentabr kuni JKning 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari Surxondaryo viloyat prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda.